Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:40

Gaz va elektr narxi qimmatlamaydigan bo‘ldi


O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi narxlari qimmatlamaydigan bo‘ldi.

“Xalq so‘zi” gazetasining 3 iyun kuni xabar berishicha, 2019 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasi yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste’molchilarga ta’sirini yengillashtirish maqsadida mana shunday qarorni qabul qilgan.

“Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mazkur qaror bilan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.

Avvalroq mahalliy matbuot Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 897-sonli qaroriga asosan 1 iyundan boshlab narxlar qimmatlatilishi to‘g‘risida xabar bergan edi.

Qarorga asosan, tabiiy gazning hozir 320 so‘mdan sotilayotgan 1 kub/metri hisoblash asboblari bo‘lgan aholiga 350 so‘m, hisoblash asboblari bo‘lmaganlarga esa ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun 605 so‘m, isitish tizimi uchun 350 so‘m bo‘lishi kutilgandi.

Hozirda 950 so‘m bo‘lgan suyultirilgan gaz narxi 1 iyundan 1200 so‘m, 250 so‘m bo‘lgan 1 kVt soat elektr energiyasi narxi I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m, III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m va IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilangandi.

Bundan avvaal benzin, dizel yoqilg‘isi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, issiq suv va issiqlik ta’minoti narxlari O‘zbekistonda 2018 yilning 16 noyabrida qimmatlatilgan edi.

XS
SM
MD
LG