Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

Fermer shikoyati: "Hokim meni tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qildi"


Nishon tumani hokimi mahalliy fermerlar bilan uchrashuvda.
Nishon tumani hokimi mahalliy fermerlar bilan uchrashuvda.

Qashqadaryoning Nishon tumanida yashovchi fermer Bahodir Qo‘ldoshev 86 gektar yeri asossiz tortib olinishiga e’tiroz bildirgani uchun tuman hokimi uni hammani oldida uyatli so‘zlar bilan haqoratlaganini aytdi.

Fermer uni va otasini so‘kib haqoratlagani, tahqirlab yerga urgani ifodalangan audioyozuvni Ozodlikka taqdim qildi.

Audioda Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov ekani iddao qilinayotgan shaxs majlisga yig‘ilganlar oldida fermerni turli qo‘pol so‘zlar bilan so‘kadi va haqoratlaydi.

Uch daqiqalik audiofayl boshdan oyoq haqoratdan iborat.

"Q....q yeb yuribsanmi, pid.......t tur yo‘qol bu yerdan", - deydi ovoz egasi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:25 0:00
Бевосита линк

Audioni jo‘natgan nishonlik fermer Bahodir Qo‘ldoshevning Ozodlikka aytishicha, ushbu audioni uning o‘zi 20 may kuni tuman hokimligidan bo‘lib o‘tgan majlisda yozib olgan.

- Yomg‘ir yoqqanligi sababli 10 gektar yerimni o‘tini ololmadim. Tuman hokimi yomg‘ir yoqqanini bilsa-da, har xil nomaqbul so‘zlar bilan meni haqorat qildi, "yeringni tortib olaman", dedi. Otamni chaqirdim. Otam "o‘g‘lim 20 yildan buyon fermer bo‘lib ishlaydi, har yili planlarni bajarib kelgan, yerni olishga haqqingiz yo‘q", deganda otamni ham qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qildi. Bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelgan pensioner otamni hammani oldida uyatli so‘zlar bilan yerga urdi, - deydi Qo‘ldoshev.

Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov 6 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda “Bobur” fermer xo‘jaligi rahbari Bahodir Qo‘ldoshevning 86 gektar yeri agrotexnik tadbirlarni vaqtida amalga oshirmagani, oqibatda yerni o‘t va kamish bosib ketgani uchun tortib olingani, lekin uni haqoratlamaganini aytdi.

- Paxta agrotexnikasini to‘liq ishlamagan, qamish bosib ketgan, kultivatsiya qilinmagan, bir necha marta ogohlantirilgan, foydasi bo‘lmadi. Shularni e’tiborga olib, u bilan yer ijara shartnomasini bekor qildik. Uni yerini boshqa yaxshi ishlaydigan fermerga berdik. U yerda juda ko‘p odamlar bor edi. Hech qanaqa haqorat bo‘lgani yo‘q. Men hech kimni haqoratlaganim yo‘q, - dedi Hayitmurodov.

Hokim audioda fermerni so‘kib haqoratlayotgan shaxs u emasligini aytdi.

O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 41-bandida haqorat, shaxsning qadr-qimmatini qasddan yerga urish huquqbuzarlik sanaladi va eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi.

Lekin tahqirlangan fermer hokim ustidan huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilmagan.

- Hokim ustidan shikoyat qilib borsangiz o‘zingizni aybliga chiqarishadi. Shuning uchun Ozodlikka murojaat qilyapman, - deydi Qo‘ldoshev.

O‘zbekistonda amaldorlarning qo‘l ostidagi shaxslarni tahqirlashi va ba’zida kaltaklashini Ozodlik davomli yoritib keladi.

O‘tgan hafta Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuv Ozodlikka sizdirilgan edi.

Unda ovoz egasi viloyat Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boshliqlariga ularning “ichagini sug‘urib, boshiga salla qilish”, bilan tahdid qiladi.

МИБ ва Солиқ бошлиқларига “ичагини бошига салла қилиш” билан таҳдид қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hokimlar o‘zining joylardagi vakili ekanini bayon qilgan.

O‘z navbatida Mirziyoev amaldorlarning mushtumzo‘rligi va so‘kong‘ichligi davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanishini ham aytgan.​

"Men rahbarman, nima qilsam ham, meniki to‘g‘ri", degan xato fikr bilan g‘o‘dayib yurgan ayrim odamlar ham yo‘q emas. Ularning xizmat vakolatini suiiste’mol qilib, qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani, haqorat qilib, hatto qo‘l ko‘tarayotgani haqida ko‘plab ma’lumotlar kelib tushmoqda. Bu bizga noma’qul narsa", - degan edi Mirziyoev 2017 yil noyabr oyidagi hukumat majlisida.

XS
SM
MD
LG