Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2019, Тошкент вақти: 04:15

Jizzaxdagi istirohat bog‘ida attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘ldi (VIDEO)


Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, mayatnik shaklidagi "Bolg‘a" attraksioni ko‘tarilishi bilan tutqichi sinib ketgan va ichida odamlar bilan besh metr balandlikdan yerga qulagan.

Jizzax shahridagi "Istiqlol" bolalar istirohat bog‘ida attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida 20 yashar qiz halok bo‘ldi.

Fojia 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 11lar atrofida ro‘y berdi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, mayatnik shaklidagi "Bolg‘a" attraksioni ko‘tarilishi bilan tutqichi sinib ketgan va ichida odamlar bilan besh metr balandlikdan yerga qulagan.

Fojia manzarasi aks etgan videoda attraksion qulagan paytda unda o‘ndan ziyod odam bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Аттракцион синиб кетиши оқибатида 20 яшар қиз ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

Voqea joyini militsiya xodimlari o‘rab oldi.

Jizzax Ichki ishlar bo‘limi mulozimi hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini aytish bilan cheklandi.

- Hozir men sizga bu haqda hech narsa aytolmayman, surishtiruv ketyapti, - dedi Ichkii ishlar mulozimi.

Ozodlik halokat qurboni Sharof Rashidov tumanidan bo‘lgan 20 yashar qiz ekanini aniqladi.

Jizzax shahar "Istiqlol" bolalar istirohat bog‘i bor-yo‘g‘i bir yil muqaddam kapital rekonstruksiya qilingan edi.

Viloyat hokimligiga qarashli bu boqqa 450 million so‘mlik zamonaviy attraksion va o‘yin qurilmalari o‘rnatilgan edi.

Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi mulozimi Ozodlikka bog‘da jami 26 ta attraksion borligi va ular oxirgi marta olti oy avval to‘liq texnik ko‘rikdan hamda elektr laboratoriyasidan o‘tkazilganini aytdi.

Mulozimning aytishicha, fojia ortidan istirohat bog‘ida attraksionlar xizmati to‘xtatilgan.

O‘zbekiston istirohat bog‘larida Jizzaxdagi kabi fojialar yuz berib turadi.

Shu yilning mart oyida Andijondagi istirohat bog‘ida o‘spirin yigit arg‘imchoqda uchayotib yiqilib o‘lgan edi.

O‘tgan yilning may oyida 11 yoshli bola Toshkentning "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar bog‘idagi "Osmono‘par" attraksionida uchayotganida, hushini yo‘qotib, o‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG