Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:09

Tramp Shimoliy Koreya tuprog‘iga qadam bosgan ilk AQSh prezidenti bo‘ldi


30 iyun kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp ikki Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan zonada Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan qo‘l berib ko‘rishdi.

Ikki yetakchi ko‘rishganidan keyin, Tramp qisqa muddatga Shimoliy Koreya hududiga o‘tdi. Bu bilan Tramp Shimoliy Koreya hududiga qadam bosgan ilk AQSh prezidenti bo‘ldi.

Keyinchalik Tramp va Kim Janubiy Koreya hududiga yurib o‘tdi. Janubiy Koreya tomonda ularni prezident Mun Chje In kutib oldi.

- Bugun jahon uchun ajoyib kun, men uchun esa sharafli kun. Ko‘plab ajoyib narsalar sodir bo‘lyapti, - dedi Tramp.

Kim Trampning Shimoliy Koreyaga qadam bosgani “yoqimsiz o‘tmishga chek qo‘yish istagimizdan dalolat beradi”, dedi.

Yopiq eshiklar ortida 50 daqiqacha Kim bilan suhbatlashgan Tramp hamkasbi bilan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga kelishib olganini aytdi.

Tramp, shuningdek, Kimni AQShga taklif qilganini qo‘shimcha qildi.

Tramp 29 iyun kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Katta yigirmatalik” sammiti ortidan Seulga uchgan edi.

U shanba kuni kutilmagandan Pxenyan rahbari Kim Chen Inga Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida uchrashishni taklif etdi.

"Agar Kim istasa men u bilan qo‘l siqib ko‘rishish va unga salom aytish uchun demilitarizatsiya hududida uchrashaman", deya Twitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi Tramp shanba kuni ertalab.

New York Times nashriga ko‘ra, bu taklif Tramp maslahatchilari uchun ham kutilmagan xolat bo‘lgan.

Bungacha Tramp bilan Kim ikki marta uchrashgan. Ushbu uchrashuvlar ortidan ikki yetakchi bir-birini olqishladi, ammo yadroviy qurollarni yo‘q qilish sohasida hech qanday olg‘a siljish kuzatilmadi.

Tramp va Kim Chen In so‘nggi bor shu yilning fevral oyida uchrashishgan, va muzokaralar barbod bo‘lgan edi.

Xanoyda hujjatlarni imzolash marosimidan keyin rejalashtirilgan Tramp va Kimning birgalikda tushligi bekor qilingandi. Tramp va Kim Chen In muzokaralar o‘tkazilgan joyni tark etishgandi.

XS
SM
MD
LG