Линклар

Шошилинч хабар
18 июл 2019, Тошкент вақти: 01:39

Samarqandda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli qiz qidirilmoqda


Gulhayo Mardonova 19 iyun kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Qayirma qishlog‘ida yashovchi 15 yoshli Gulhayo Mardonova ismli qiz qidirilmoqda.

Otasi Alisher Mardonovning 6 iyul kuni Ozodlikka aytishicha, Gulhayo 19 iyun kuni uyidan chiqib ketganicha, bedarak yo‘qolgan.

"Shu kuni ertalab Samarqand shahriga ketgan. Litseyga hujjat topshirgani ketgan. Mana ikki haftadan oshdi dom-darak yo‘q,", - deydi Mardonov.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qiz qidirilayotganini bildirdi.

Qizni ko‘rgan-bilganlar 998662331111 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan IIB xabarida.

Qizning belgilari: bo‘yi 160-165 sm, qomati o‘rta, sochi uzun, och jigar rangda, ko‘zlari qora. Egnida yashil kofta bo‘lgan.

Qizning otasi Alisher Mardonov qizining yo‘qolishi tafsilotlarini Ozodlikka so‘zlab berdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:56 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG