Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:14

“Bositxonova opam bozorda she’r o‘qishdan tashqari xotinlarga ish topishniyam o‘ylasa yaxshi bo‘lardi”


“Bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkilotlari tuziladi. Alohida ma’naviyat xonasi tashkil etiladi. U yerda kutubxona bo‘ladi, ma’rifiy suhbatlar o‘tkaziladi. Radiouzeldan har kuni 5-6 marta Zulfiyaxonim ijodidan namunalar, muomala madaniyatiga o‘rgatuvchi hadislar eshittiriladi”.

Bu gapni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 11 iyulda o‘tkazilgan press-brifingda ayollar ma’naviyatini oshirish va xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikni kamaytirish yo‘lida qo‘mita amalga oshirayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berarkan, Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova aytdi.

Yuqoridagi gapni aytishdan oldin Bositxonova bozorchi ayollarning ma’naviyati pastligidan zorlanib oldi. Demak, bozor hududida “Zulfiyaxonim ijodidan namunalarni va muomala madaniyatiga o‘rgatuvchi hadislarni eshittirish” bozorchi ayollar ma’naviyatini yuksaltirish garovidir.

Dima Qayumning Feysbukdagi sahifasi
Dima Qayumning Feysbukdagi sahifasi

Bas, shunday ekan, OzodNazar bozorning qoq o‘rtasida bepul kutubxona ochgan rishtonlik bloger Dima Qayumni bugungi suhbatga tortdi.

“Боситхонова опам бозорда шеър ўқишдан ташқари хотинларга иш топишниям ўйласа яхши бўларди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG