Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:24

Sun’iy idrok poker o‘yinida olti kishilik professionallar guruhi ustidan g‘alaba qozondi


Karnegi-Mellon universiteti tadqiqotchilari Facebookning sun’iy intellekt loyihasi doirasida ishlab chiqilgan dastur olti nafar professional poker o‘yinchisi ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilishdi.

Pluribus nomi berilgan dasturning g‘alabasi haqida Science jurnalida yozildi.

Karnegi-Mellon universtitetining informatika bo‘yicha professori Tomas Sandxolm:

- Pluribus ko‘p ishtirokchili pokerda superodam natijasini ko‘rsatdi. Bu esa sun’iy intellekt hamda o‘yin nazariyasida katta yutuqdir, - dedi.

Sandxolm tajribani universitetning doktoranti hamda Facebook xodimi Noam Braun bilan birga o‘tkazgan.

Universitet e’lon qilgan bayonnomada “Bugunga qadar strategik o‘ylash sohasida superodam sun’iy idrok yutuqlari ikki taraflama raqobat bilan cheklanib kelayotgan edi”, deyiladi.

Pluribus dasturini ishlab chiqqanlarning aytishicha, ushbu texnologiya poker o‘yini kabi “muhim ma’lumot yashiriladigan va ishtirokchilar boshqalarni laqillatishga urinadigan turli haqiqiy muammolarni” echishda qo‘l kelishi mumkin.

Boshida dastur o‘ziga qarshi o‘ynab, poker strategiyalarini o‘rganib chiqqan.

Dastur mualliflari uning o‘zgacha jihatlaridan biri aralash strategiyalardan foydalanish qobiliyati ekanligini aytishdi.

Braun hatto dasturning ayrim strategiyalari odamlar poker o‘ynashini o‘zgartirishi mumkinligini bashorat qildi.

XS
SM
MD
LG