Линклар

Шошилинч хабар
21 август 2019, Тошкент вақти: 21:27

Adliya vazirligi olib qo‘yilayotgan yer uchastkasi uchun kompensatsiya qanday to‘lanishini eslatdi


Adliya vazirligi o‘zining Telegramdagi kanalida olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari uchun kompensatsiyaning qanday turlari berilishi shartligini eslatdi.

2006 yilning 29 mayida Bosh vazir Shavkat Mirziyoev imzolagan "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi" qarorga binoan ​Yer uchastkalarini olib qo‘yish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:

  • fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini to‘lash;
  • buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • Yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida 2 yilgacha muddatga ijaraga vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar, imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini to‘liq to‘langan hamda yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish;
  • Yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yuridik shaxslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni to‘laligicha qoplash;
  • fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.
  • Adliya vazirligi 22 iyul kuni davlat idoralarining uyi va boshqa ko‘chmas mulki buzilgan o‘zbekistonliklarga 300 milliard so‘mlik kompensatsiyani hozirgacha bermaganini bildirgan.

Adliya vazirligi, shuningdek, quyidagilarni eslatdi:

Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan tegishli hokim yoki Hukumat qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Yer egasi yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yer uchastkasini olib qo‘yish va uylar hamda boshqa imoratlar, inshootlarni buzish, dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi qaror bosh rejalarga, turar joy tumanlarini rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Olib qo‘yilayotgan ydr uchastkalarida uylar va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko‘chirib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG