Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:00

Monopoliyaga qarshi qo‘mita: Haydovchilar malakasini faqat "Avtotest" oshira oladi


Bugungi kunga qadar yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya talablariga faqatgina «Avtotest Report» MChJ va uning hududlardagi filiallari javob berishi aniqlandi.

Bu bayonotni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati Telegram kanalida e’lon qildi.

Bu gapdan oldin qo‘mita o‘z bayonotida «Avtotest Report» MChJ va unga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish faoliyatini yuritish bo‘yicha alohida huquqi bekor qilinganini eslatgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) O‘zbekiston Respublikasida tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasasida malakasini oshirish huquqiga ega. Biroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ko‘ra, “litsenziya talablariga faqatgina «Avtotest Report» MChJ va uning hududlardagi filiallari javob berishi aniqlangan”.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Avtotest Report» MChJ avtomototransport vositalari haydovchilarini malakasi oshirish faoliyatini ko‘rsatish bozorida 1 yildan ortiq muddat faoliyat olib borayotganligini inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan «Avtotest Report» MChJni monopolist korxonalar reestriga kiritish bo‘yicha o‘rganish va tahlillar o‘tkazilayotganini bildirdi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita o‘z bayonotida “yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarni ikki yilda bir marta malaka oshirish majburiyati faqat yuk va yo‘lovchilarni tashish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxslarga emas, balki ixtiyorida (balansida) avtotransport vositasi mavjud barcha yuridik shaxslarga tadbiq etilishi yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan”ini eslatgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, mazkur talab yuridik shaxslarning huquq va manfaatlariga to‘sqinlik qilayotgan degan xulosaga kelgan sub’ektlar majburiyatni bekor qilish bo‘yicha qonun hujjatini qabul qilgan organga yoki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etish huquqiga ega.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Avtotest” bo‘yicha bayonotini ijtimoiy tarmoqlarda, joriy yil 1 avgustdan e’tiboran yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar «Avtotest Report» MChJda malaka oshirishlari kerakligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgani munosabati bilan e’lon qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, “birinchidan, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar faqatgina «Avtotest Report» MChJda malaka oshirishdan noroziligi;

ikkinchidan, malaka oshirish talabini barcha yuridik shaxslarga emas, balki yuk va yo‘lovchilarni tashish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxslarga tadbiq etish lozimligi ilgari surilayotganligi kuzatilmoqda”.

Mazkur xabarlarga o‘z munosabatini bildirarkan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bir qator hujjatlarni eslatgan.

Ozodlik radiosi “Avtotest” bilan bog‘liq mavzuga oid bir necha maqola e’lon qilgan. Quyida ulardan ba’zilarining sarlavhalari:

Internetdagi qator nashrlar¸ xususan kommersant.uzning yozishicha¸ "Avtotest-Report" MChJning muassisi Davlat soliq qo‘mitasining, keyinchalik shaxsan prezidentning endilikda sobiq matbuot kotibi, ayni paytda esa prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari maqomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini boshqarayotgan Komil Allamjonovdir.

XS
SM
MD
LG