Линклар

Шошилинч хабар
09 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:02

Xitoy kompaniyasining Qirg‘izistondagi Solton-Sari konidagi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi


Mahalliy aholi Solton-Sari koni yopish talabi bilan miting o‘tkazmoqda. 2019, 4 avgust.

Xitoyning Zhong Ji Mining tog‘-kon kompaniyasining Norin viloyatidagi Solton-Sari oltin konidagi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Qirg‘iziston xukumati matbuot xizmati bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Qubatbek Boronovga tayangan holda xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, qaror Ekologik va texnik xavfsizlik Davlat inspektsiyasining xulosasiga asosan qabul qilindi. Boronovning ma’lum qilishicha, shu kunlarda konda yuz berayotgan hodisalar diqqat bilan o‘rganiladi.

«Muassasalararo maxsus komissiya o‘z ishini davom ettiradi. Uning ishi natijalariga asosan tegishli qaror qabul qilinadi», - dedi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.

Konda 5 avgust kuni yuz bergan mojaro oqibatida o‘nlab kishilar jarohat oldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Norin viloyat Birlashgan shifoxonasiga 21 kishi murojaat qilgan, ularning 20 nafari Xitoyning Zhong ji Mining tog‘-kon kompaniyasi xodimlaridir. 19 kishi 6 avgust kuni shifoxonadan chiqarildi, bir nafar mahalliy aholi vakili travmatologiya bo‘limida davolanishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markaziga Zhong ji Mining kompaniyasining 28 nafar xodimi tibbiy ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Birinchi tibbiy ko‘makdan so‘ng ularning hammasi ambulatoriya davolanishga yuborildi.

Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasi Solton Sari konida yuz bergan mojaro yuzasidan bayonot tarqatdi. Jumladan diplomatik vakolatxonaning bayonotiga qaraganda hodisa "kompaniya va uning xodimlariga juda katta iqtisodiy va jismoniy zarar yetkazgan".

«Xitoy tomoni o‘zining jiddiy xavotirlarini va qirg‘iz tomoniga keskin norozilik bildiradi. Biz qirg‘iz tomonidan jabrdiyda xitoyliklarga maksimal darajada tibbiy yordam ko‘rsatishga, xodisa diqqat bilan o‘rganilishi, aybdorlarni keskin jazolashga, mazkur xodisa adolatli va kerakli tarzda barqarorlashtirilishiga chaqiramiz.Xitoy tomoni QRning tegishli idora va xukumatidanXitoy kompaniyasining qonuniy xuquqlari va manfaatlarini himoya qilishda chora ko‘rishini, XXR fuqorolari xavfsizligini ta’minlashni, kelajakda bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligini so‘raydi», - deyiladi elchixona bayonotida.

5 avgust kuni Solton-Sari konida 500-700ga yaqin kishi to‘plandi, ular Xitoy kompaniyasining xodimlari Solton-Saridan chiqib ketishini talab qildilar. 6 avgust kuni ular norozilik aksiyasini davom ettirdilar, hamda Zhong ji Mining mazkur konda faoliyatini to‘xtatishini talab qildilar.

XS
SM
MD
LG