Линклар

Шошилинч хабар
24 август 2019, Тошкент вақти: 03:53

Oyog‘i kesib tashlangan yo‘lovchi yaqinlari: Haydovchining hibsdaligi yolg‘on, u ochiqda yuribdi


Avariya oqibatida Damas mashinalaridan birini boshqarib ketayotgan Izzatulla Boyev og‘ir jarohat oldi, kasalxonada uning bir oyog‘i amputatsiya qilindi.

Qashqadaryoning Kitob tumanida avtohalokatga uchrab, bir oyog‘idan ayrilgan 33 yoshli Izzatulla Boyevning qarindoshlari mast holatda avtohalokatga sababchi bo‘lgan haydovchining jazosiz qolayotgani, "3 kun oldin ochiqda yurganini" ko‘rgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limi rasmiylari esa, mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266- moddasi, 1-qismi bo‘yicha ish ochilib, tergov olib borilayotganini, ehtiyot chorasi sifatida avariyaga sababchi bo‘lgan deb gumon qilinayotgan haydovchi hibsga olinganini Ozodlikka aytdi.​

30 iyul kuni Kitobda ikkita Damas rusumli mashina ishtirokida yo‘l hodisasi ro‘y berdi.

Avariya oqibatida Damas mashinalaridan birini boshqarib ketayotgan Izzatulla Boev og‘ir jarohat oldi, kasalxonada uning bir oyog‘i amputatsiya qilindi.

Avariyaga sababchi deb ko‘rilayotgan yana bir Damas haydovchisiga jiddiy shikast yetmagan.

Китоб туманидаги автоҳалокат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:14 0:00

Izzatulla Boyev, singlisi Hurshida Boyevaning iddaosicha, tuman ichki ishlar bo‘limi va prokuraturasi spirtli ichimlik ichib avtohalokatga sababchi bo‘lgan, deb gumon qilinayotgan Damas haydovchisining taqdiri bilan qiziqmagan va ishni bee’tibor qoldirgan.

Boyeva 7 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda avariyaga sababchi bo‘lgan haydovchi tumandagi katta ta’sirga ega amaldorlardan birining farzandi bo‘lgani uchun jazosiz qolayotgan bo‘lishini aytdi.

- Aytishlaricha, avariyani sodir etgan bola ichki ishlardagi kattakonlardan birining qarindoshi emish. U g‘irt mast holatda mashinani boshqarib, akamni bir umrga nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi, militsiya esa jim qarab turibdi, - deydi Hurshida Boyeva.

Kitob tumani Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Ozodlikka mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266- moddasi, 1-qismi bo‘yicha ish ochilib, tergov olib borilayotganini aytdi.

- Surishtiruv to‘liq bo‘lyapti. Haydovchi mast holatda bo‘lgani aniqlandi. Bu ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi, ya’ni Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Ehtiyot chorasi sifatida avariyaga sababchi bo‘lgan deb gumon qilinayotgan haydovchi hibsga olingan, - dedi IIB tergovchisi.

Ammo, Hurshida Boyeva haydovchi ochiqda yurganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytdi.

- Hozir boshqa Damasni minib yuribdi, uch kun oldin ko‘rdik. Akamni majruh qilgan haydovchi ochiqda. Ish ochilgani haqida bizga ma’lumot berishmayapti, - deydi Hurshida Boyeva.

O‘zbekistonlik haydovchilar yo‘llarida mashina boshqarish qiyinlashib borayotgani, yuqorida tanishi bor qoida buzuvchilar jazosiz qolib ketayotganini va bunga barham berish kerakligini ta’kidlab kelishadi.

Ba’zi xollarda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalari sodir bo‘ladi.

O‘tgan oy Jizzax viloyati Zomin tumani IIB mayori mast holatda o‘z xizmat mashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Shu yilning aprel oyida Andijon viloyatining Marhamat tumanida prokuratura xodimi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Ozodlik piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan “Neksiya” mashinasi rulida Marhamat tumani prokurorining katta yordamchisi bo‘lganini aniqlagan edi.

XS
SM
MD
LG