Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2019, Тошкент вақти: 08:32

O‘zbekiston rasmiylari Tolibon vakillari bilan uchrashganiga Afg‘oniston norozi bo‘ldi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani (markazda) Qurbon hayit namozi o‘qilishi arafasida qilgan chiqishida: "Biz afg‘onlarning sha’ni yerga urilgan tarzda o‘rnatilgan tinchlikni istamaymiz", deb bayonot berdi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston rasmiylari Tolibon vakillari bilan uchrashganiga norozilik bildirdi.

Ўзбекистон расмийлари Толибон вакиллари билан учрашганига Афғонистон норози бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:38 0:00

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Suhbatullo Ahmadi 10 avgust kuni Kobul tinchlik o‘rnatilishini olg‘a suruvchi har qanday hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini, biroq mazkur uchrashuv xarakteri Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasidagi muzokaralarga ko‘mak ko‘rsata olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Rasmiy tinchlik o‘rnatish jarayonida Afg‘oniston hukumati va xalqini hurmat qilishga chaqirdi.

8 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tolibon harakatining Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tolibon harakatining siyosiy ofisi rahbari afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Ayni paytda 12 avgust kuni ertalab AQSh va Tolibon o‘rtasida Qatar poytaxti Dohada o‘tayotgan muzokaralarning 8-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tolibon rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid: "Bu uzoq davom etgan foydali muzokaralar bo‘ldi. Tomonlar o‘z liderlari bilan keyingi qadamlar borasida maslahatlashish to‘g‘risida qaror qabul qildilar”, - deb bildirdi.

AQSh rasmiylari muzokaralarning navbatdagi bosqichi yakunlanganiga oid tafsilotlarni e’lon qilmadilar. Ammo 11 avgust kuni Qurbon hayiti munosabati bilan xalqqa murojaat qilgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani:

-Tinchlik har bir afg‘onning xohish-irodasidir. Shak-shubhasiz tinchlik o‘rnatiladi. Ammo biz har bir afg‘onistonlikning qadr-qimmati himoyalangan tinchlikni istaymiz. Biz afg‘onlarning sha’ni yerga urilgan tarzda o‘rnatilgan tinchlikni istamaymiz. Biz afg‘onlarni o‘z mamlakatini tark etishga majbur qiluvchi tinchlikni xohlamaymiz, - deb aytdi.

Ayrim xabarlarga qaraganda, AQSh va Tolibon Afg‘onistondan xorijiy kuchlarni olib chiqib ketilishi masalasini muhokama qilgan. AQSh buning evaziga Tolibon Afg‘oniston ekstremistik guruhlar uchun boshpana beruvchi davlatga aylanib qolmasligini kafolatlashni talab qilmoqda.

Tolibon shu kungacha Afg‘oniston hukumatini G‘arb tomonidan boshqariluvchi qo‘g‘irchoq hukumat sifatida talqin qilib keladi va rasmiy Kobul bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortmoqda.

XS
SM
MD
LG