Линклар

Шошилинч хабар
18 сентябр 2019, Тошкент вақти: 04:30

Hokim muoviniga o‘t qo‘ygan tadbirkor do‘konini hokimlik ta’mirlab berdi


Tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni. Surat 26 avgust kuni olingan.

Qashqadaryo viloyat, Yakkabog‘ tuman hokimligi tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni va sexini bepul ta’mirlab berdi.

Tadbirkorning ta’mirdan chiqqan sexi ishga tushgani, do‘koni ham yaqin kunlarda ochilishi kutilayotgani Ozodlikka 26 avgustda ma’lum bo‘ldi.

Isomovning o‘zi kreditga qurilgan ikki qavatli yangi do‘koni va sexini buzishga kelgan hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayevning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgani uchun hibsga olingandi.

O‘sha voqeadan so‘ng Toshkentga olib ketilib, ustidan jinoyat ishi ochilgan Isomov hanuz poytaxtda hibsda ushlab turilgani aytilayapti.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Isomov sud-psixiatriya ekspertizasi natijasida ruhiy sog‘lom deb topilgan.

26 avgust kuni Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, yakkabog‘lik tadbirkor Bahriddin Isomovning sexi va do‘koni tuman hokimligi tomonidan bepul ta’mirlab berilgan. Bu haqda Ozodlikka Isomovlar oilasiga yaqin manba xabar qildi.

Bahriddin Isomovning do‘koni Eski Yakkabog‘ posyolkasida joylashgan.
Bahriddin Isomovning do‘koni Eski Yakkabog‘ posyolkasida joylashgan.

“O‘sha voqeaning ertasiga Isomovning do‘koni va sexidagi barcha narsalarni ko‘chaga olib chiqib tashlashgandi. Buzishga tayyorlab qo‘yishgandi. Lekin keyingi kun, prezidentning gapidan so‘ng, do‘kon bilan sex buzilmay qoldi. O‘sha paytda binoning fasad tomoni suvoqlari buzish oldidan qirib tashlangan edi. Keyin tuman hokimligi sex bilan do‘konni qayta rekonstruksiya qilib berdi. Fasad qismini o‘zgartirib, chiroyli qilib qo‘yishdi. Bepul qilib berishdi. Hozir sexi ishlayapti. Do‘koni ham yaqin kunlarda ishga tushadi”, dedi Isomovlar oilasiga yaqin, ismi-sharifi e’lon qilinishini istamagan yakkabog‘lik. U tadbirkor Isomovning do‘koni va sexining hozirgi ko‘rinishini suratga olib, Ozodlikka yo‘lladi.

Tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni
Tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni

Yakkabog‘ tuman hokimligi mulozimi tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni va sexi ta’mirlanganini tasdiqladi. Biroq ta’mir uchun ketgan harajatlar miqdorini ochiqlamadi.

“Viloyat hokimi tadbirkor Isomov oilasi bilan uchrashganda tovon puli undirilishini ham va’da qilgan. Hammasi qonuniy hal bo‘layapti” dedi hokimlik mulozimi.

Yakkabog‘liklarning Ozodlikka aytishicha, Eski Yakkabog‘ posyolkasidagi buzilishi rejalashtirilgan do‘konlarning deyarli hammasi buzilmaydigan bo‘lgan.

“Faqat juda eski do‘konlarni buzib, qayta qurish aytildi. Lekin o‘sha voqea sabab Eski Yakkabog‘dagi buzilishi rejalashtirilgan barcha do‘konlarni buzmaydigan bo‘lishdi. Hozir hamma tadbirkorlar do‘konlarini ta’mirlab, qayta ishga tushirayapti. Do‘koni buzilganlarga kompensatsiya berishni ham boshlashdi”, dedi yakkabog‘liklardan biri ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Quyidagi videoda Eski Yakkabog‘ posyolkasida buzilmay qolgan do‘konlar aks etgan:

Эски Яккабоғ посёлкасидаги бузилмай қолган дўконлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:19 0:00

O‘tgan oy O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Bahriddin Isomov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazilayotgani haqida xabar qilgandi.

Ushbu xabar berilganiga qariyb bir oy bo‘layotgan bo‘lsada, ekspertiza natijasi borasida birorta rasmiy ma’lumot e’lon qilingani Ozodlikka ma’lum emas.

Isomovlar oilasiga yaqin manbaning aytishicha, ekspertiza natijasiga ko‘ra, tadbirkor aqli raso deya topilgan.

“Bahriddin Isomov o‘sha voqea sodir etilgan vaqtda o‘z harakatlarini boshqara oladigan, ijtimoiy xavflilik darajasini his qiladigan, ruhiy sog‘lom bo‘lgan”, deb xulosa berishgan ekspertiza natijasida. Uni hali ham Toshkentda hibsda ushlab turishibdi deyishdi uyidagilar” dedi yakkabog‘lik.

Ayni paytda Yakkabog‘ huquq-tartibot idoralari "Bahriddin Isomov hanuz Toshkentdami yoki viloyatga qaytarilganmi" degan Ozodlik savolini javobsiz qoldirdi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Bahriddin Isomovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini Yakkabog‘ tuman prokurturasi o‘rganmoqda.

Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish)ning 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

  • 20 iyul kuni tadbirkor Bahriddin Isomov kreditga qurilgan ikki qavatli yangi do‘koni va sexini buzishga kelgan tuman hokimi o‘rinbosarining ustiga benzin sepib¸ yoqib yuborgani to‘g‘risida birinchi bo‘lib Ozodlik xabar qilgan edi.
Ҳокимият вакилининг ëқиб юборилиш саҳнаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00
  • 27 iyul kuni o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun Yakkabog‘ tuman hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.
  • Prezident devoni huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xabar qilishicha, hodisa ortidan ​"tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan".
XS
SM
MD
LG