Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2019, Тошкент вақти: 08:38

“Bloger zinhor hokimiyatga yaqinlashmasligi, hokimiyat choyini ichmasligi kerak”


"Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi."

Bu so‘zlarni prezident Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqandga, “Sharq taronalari” xalqaro festivali ochilishiga borganda bir guruh blogerlar bilan salom-alik chog‘ida aytdi.

Hokimiyat tepasiga kelganiga 3 yil to‘layotganiga qaramay, hanuz biror jurnalist savollariga javob berish yoki matbuot anjumani o‘tkazish u yoqda tursin, hatto brifing bermagan davlat rahbari o‘zbek jamiyatida endigina teta-poya qilayotgan, lekin ovozi baralla eshitila boshlagan blogerlar bilan selfi-suratga tushdi.

Xo‘sh, bunday iltifot zamirida nima yotibdi?

Jamiyatda blogerlarning o‘rni naqadar muhim?

O‘zbek blogerlari o‘z zimmasidagi ijtimoiy mas’uliyatni his qilayaptilarmi? Yoki ular har qanday mas’uliyatdan ozodmi?

Shu va shu kabi savollarni farg‘onalik bloger Bahodirxon Eliboyevga berdik.

“Блогер зинҳор ҳокимиятга яқинлашмаслиги, ҳокимиятнинг чойини ичмаслиги керак”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:38 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG