Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:20

Kiyevdagi mashhur harbiy maktabga ilk marta qizlar o‘qishga qabul qilindi


Ivan Bogur nomidagi obro‘li harbiy litseyda o‘qiy boshlagan qizlar.
Ivan Bogur nomidagi obro‘li harbiy litseyda o‘qiy boshlagan qizlar.

O‘smir qiz Lina Nazipova har doim ota-onasining izidan borishni orzu qilar edi. Joriy haftada u shunday imkoniyatga ega bo‘ldi.

Nazipova 2 sentabrda Kiyevning Ivan Bogur nomidagi obro‘li harbiy litseyida o‘qiy boshlagan 20 qizning biridir. Ushbu guruhga ilk marta qizlar qabul qilindi.

Lina Nazipova
Lina Nazipova

− Men orzuim otam va bobom singari vertolyot uchuvchisi bo‘lishdir, − dedi u o‘qishning birinchi kuni saboqlari boshlanishi oldidan. Linaning aytishicha, uning onasi ham qurolli kuchlarda xizmat qiladi.

20 qiz o‘quvchi uchun maktabda yangi, alohida sinf tashkil qilindi, endi ushbu sinf Birinchi eskadrilyaning birinchi bo‘linmasi deb ataladi.

Shu bilan sinfning boshqalaridan farqi tugaydi.

Maktab direktori, general-mayor Igor Gordichuk maktabdagi 300 o‘quvchining barchasi uchun qabul talablari, jinsidan qat’i nazar, bir xil bo‘lganini, ular faqat qizlarning kuchi, chaqqonligi, bardoshliligi, ruhiy tayyorgarligi va ishtiyoqiga asoslanganini aytdi.

Maktab tarixida ilk marta qizlar ham o‘qitiladigan bo‘ldi.

‒ Maktab tarixida ilk marta qizlar ham o‘qitiladigan bo‘ldi. Ular kirish imtihonlarini topshirib, Ivan Bogur nomidagi harbiy litsey o‘quvchisi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi, ‒ dedi u Ukrainaning “Gromadske” xabarlar saytiga. ‒ Agar joriy yil yaxshi tugasa, biz maktab rahbariyatiga takliflarimizni isbotlab berishimiz va qiz o‘quvchilar sonini yana ko‘paytirishimiz mumkin.

Harbiy litseyning qiz kursantlari
Harbiy litseyning qiz kursantlari

Maktabning asosiy binosi chor Rossiyasi me’morchiligi ko‘rinishida bo‘lib, XX asr boshlarida qurilgan, dastlab u yerga muhandislik maktabi joylashgan edi. Bino ayni paytda shaharning tomoshabop joylaridan biridir.

Joriy yilning yanvar holatiga Ukraina sharqida Birlashgan qo‘shinlar amaliyoti chog‘ida Moskvaga suyanayotgan bo‘lginchilarga qarshi kurashayotgan barcha askarlarning 8 foizi ayollar, ularning 4 foizi esa katta zobitlardir, deydi harbiylar.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, xuddi NATOga a’zo mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Ukraina qurolli kuchlari safidagi jami xizmatchilarinng 10 foizi ham ayollardir.

Bo‘linma komandiri va ta’lim bo‘yicha nazoratchi Yuliya Mikitenkoga ko‘ra, garchi qizlar sinfidagi o‘quvchilarning ishtiyoqi baland bo‘lsa-da, hafsalasi pir bo‘lishi ham hech gap emas.

Ayrim qizlar umr bo‘yi askar bo‘lishni orzu qilib, litseyga kirdi.

‒ 20 qizning hammasi ham qaerga kelib qolganini tushunadimi? Albatta, yo‘q, ‒ dedi u. “Uzr, men bunga tayyor emas edim”, deb aytadigan qizlar bo‘lishi ham mumkin. Hech kim ularni ayblamaydi, chunki armiya xizmati juda og‘ir. Lekin ayrim qizlar umr bo‘yi askar bo‘lishni orzu qilib, litseyga kirdi. Ularning qiziqishi katta, nima istayotganini yaxshi biladi.

15 yashar Apolinariya Ivanovaning harbiy xizmatga qiziqishiga shaxsiy sabablari bor edi. Lagerga borib, urush veteranlari hikoyasini tinglagach, shu sohaga qiziqishi yanada ortdi.

Ivanova 2014 yili Rossiyaga suyanayotgan bo‘lginchilar bilan Ukraina askarlari o‘rtasida urush boshlangandan so‘ng Lugansk viloyatidagi Severodonetsk shahridan ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan edi.

Urush sabab oilasi bo‘linib ketdi: onasi keksa qarindoshlariga qarash uchun o‘sha yerda qoldi, o‘zi esa opasi va otasi bilan xavfsiz Kievga ko‘chib o‘tdi.

− Men 11yoshimda askar bo‘lishni ko‘nglimga tugib qo‘ygan edim. Bunga ota-onam rozilik berdi. Ular meni vatanparvarlik lagerlariga jo‘nata boshladi. Biz jang qilish taktikasini, pulemyotni qanday bo‘laklarga ajratish va yig‘ishni o‘rgandik, − dedi u. – Bu menga kelgusida harbiy mutaxassislik – razvedkachilikni tanlashimda yordam berdi. Men quruqlikdagi qo‘shinlar safiga borib qo‘shilaman hamda o‘z tajribam bilan qizlar ham harbiy qism komandiri bo‘lishi mumkinligini isbotlab berishni rejalashtiryapman.

XS
SM
MD
LG