Линклар

Шошилинч хабар
17 сентябр 2019, Тошкент вақти: 04:05

O‘quv yilini hokim, senator va deputatlar maktablarda dars o‘tish bilan boshlab berdi


Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Koson tumanidagi 62-umumta’lim maktabida "Mustaqillik darsi"ni o‘tdi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra, viloyat hokimi darsda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi mamlakat xalqining milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Birinchi dars boshlanguniga qadar hokim tuman maktablaridagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram dasturlarida ishtirok etdi. Viloyat hokimi so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

Mamlakat maktablarida 4 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida viloyat va tuman hokimlari, senator va deputatlar ishtirok etdi.

Xususan:

Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tuman hokimi Zoir Aliqulov tumanning Beshbuloq shaharchasidagi 23-umumta’lim maktabida;

Toshkent viloyat Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov shahardagi 16-umumta’lim maktabida;

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand davlat universitetida;

Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Solijon Mo‘minov Namangan shahridagi 40-umumta’lim maktabida;

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabida "Mustaqillik darsi"ni o‘tdi.

Prezident Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan selektor majlisida har bir viloyat, shahar va tuman hokimiga maktablarga haftasiga uch marta borishni va o‘zlari dars berishni tayinlagan edi.

Mirziyoyev hokimlarni ta’lim tizimiga e’tibor qaratmayotgani uchun tanqid qilib, bunday degandi:

"Nima uchun har kun fermer bilan, klaster bilan yoki mana endi tadbirkorlar bilan ham uchrashadi-yu, maktabga borib, o‘zining bolasi yoki nevarasi ustozidan yoki o‘zi ta’lim-tarbiya olgan maskandan umuman xabar olmaydi. Chunki maktabni yuzinchi darajali masala deb, nazar-pisand qilmaydi. O‘zicha o‘ta bandligini bahona qilib, maktabga borishga vaqt topa olmaydi. Bu o‘ta ma’naviyatsizlik va tubanlik emasmi?! Bu kelajakka nisbatan mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Men o‘ylaymanki, bu - bizning eng katta fojiamizdir. Shuning uchun, Bosh vazir A.Aripovga barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlarni maktablarga haftasiga kamida uch marotaba borishini va o‘zi dars berishini qoida sifatida joriy etish topshiriladi.

4 sentabrda O‘zbekistondagi 9904 ta davlat umumta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yili boshlandi.

Bu haqda xabar qilgan Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, bu o‘quv yilida maktablar o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 213 taga ko‘paygan.

Faoliyatini tugatayotgan 383 ta kasb-hunar kollejining binosi (shundan 154 tasi yangi maktab, 229 tasi qo‘shimcha bino) maktablarga berilishi natijasida qo‘shimcha 224 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.

2019-2020 o‘quv yilida maktablarda jami 6,16 mln. nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bu esa o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 338,56 ming nafar o‘quvchi ko‘p deganidir.

620 ming nafardan ortiq o‘quvchi ilk bor 1-sinfga qadam qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG