Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:59

O‘zbekiston harbiylari 128 ming askar qatnashadigan "Markaz-2019" mashg‘ulotlarida ishtirok etadi


O‘zbekiston harbiylarining Donguz poligonida kutib olinishi. Mudofaa vazirligi fotosi.
O‘zbekiston harbiylarining Donguz poligonida kutib olinishi. Mudofaa vazirligi fotosi.

O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining yuz kishilik guruhi, Rossiya nazdicha, eng keng ko‘lamli bo‘lgan “Markaz-2019” o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Orenburgning Donguz poligoniga 7 sentabr kuni yetib keldi.

O‘zbek harbiylarini Donguz poligoniga O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli ikki dona S-295 harbiy transport aviatsiyasi samolyotlari yetkazib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Moskvada o‘tgan selektor yig‘ilishida 16 sentabrdan 21 sentabrgacha mashg‘ulotlar Orenburg, Dog‘iston, Astraxan, Chelyabinsk, Kemerovo va Oltoyda o‘tkazilishini, unda 128 ming harbiy, 20 ming texnika, 600ga yaqin samolyot hamda vertolyot, 15tagacha harbiy kema ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Markaz-2019” o‘quv mashg‘ulotlarida 8 mamlakat - Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning harbiy kontingenti ishtirok etadi.

Xitoy va Rossiya bu mashg‘ulotlar hech bir davlatga qarshi qaratilmaganini, mashg‘ulotlar terrorchilikka qarshi kurash salohiyatini kuchaytirshga qaratilganini bildirmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-leytenant Yunus-Bek Yevkurov esa “Markaz-2019” doirasida Afg‘onistondagi vaziyat tufayli dunyoning eng tahdidli nuqtalaridan biri bo‘lib qolayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan vazifalar amalda sinalishini ma’lum qildi.

Tojikiston Mudofaa vazirligining bildirishicha, o‘zbek va tojik askarlari 16-21 sentabr kunlari Namangan viloyatidagi G‘urumsaroy poligonida shartli terrorchi guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha vazifalarni amalda bajaradi. Har ikkala tomondan 200dan ortiq askar, harbiy samolyotlar va vertolyotlar ishtirok etadi.

Xabarda aytilishicha, Namangandagi mashg‘ulotlar “Markaz-2019”ning birinchi bosqichi bo‘ladi. Ikkinchi bosqich Orenburgning Donguz poligonida davom etadi.

“Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining ushbu yirik masshtabdagi o‘quvlarda ishtiroki jangovar tayyorgarlik masalalarida tajriba almashish, Markaziy Osiyo hududida vaziyatning keskinlashishining oldini olish borasida boshqaruv organlari ish mexanizmining yagona algoritmini ishlab chiqish va hamkorlikda operatsiyalarni bajarishda bo‘linmalarning harakatlanish tartibini puxta rejalashtirishga xizmat qiladi”, deyiladi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rasmiy ma’lumotida.

XS
SM
MD
LG