Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:10

Said-Abdulaziz Yusupov sudi boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning hibsxonadan yo‘llagan maktubi tarqaldi


Said-Abdulaziz Yusupov
Said-Abdulaziz Yusupov

9 sentabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupov ustidan sud jarayoni boshlandi.

Yopiq eshiklar ortida o‘tayotgan jarayonni kuzatishga Said-Abdulaziz Yusupovning yaqinlari kiritilmagan.

Ayni kunning o‘zida ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulaziz Yusupovga taalluqli ekani ishonilgan, uning oila a’zolariga hibsxonadan chiqargan maktubi tarqaldi.

Maktubda Said-Abdulaziz Yusupov o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarga izoh berishga uringan.

Ayblov

10 may kuni DXX xodimlari tomonidan hibsga olingan Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167- ("O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish"), 168- ("Firibgarlik") hamda 28- ("Jinoyat ishtirokchilarining turlari") va 211- ("Pora olish-berishda vositachilik qilish") moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

13 mayda Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishiga uni firibgarlikda ayblagan, shaxslari oshkor etilmagan fuqarolarning xavfsizlik organlariga qilgan murojaatlari sabab bo‘lgan.

Bosh prokuraturaning dastlabki tergov ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Said-Abdulaziz Yusupov:

"- fuqaro A.A.ni aldab, birgalikda biznes-loyihasini amalga oshirish uchun undan D.S. va A.D.lar orqali 65 ming AQSh dollari;

- J.D.ga konditer mahsulotlari ishlab chiqarish uskunasi yetkazib berishini aytib, undan 15 ming AQSh dollari;

- B.Ya.dan uning qizini Toshkent Davlat Yuridik Universitetiga o‘qishga kiritish uchun 35 ming AQSh dollari;

- D.S.ning ishonchiga kirib, g‘isht ishlab chiqarish zavod uchun kerakli jihozlarni yetkazib berishini aytib, undan 28.000 AQSh dollari;

- K.E.ning ishonchiga kirib, undan 15 ming AQSh dollari;

- V.S.ning ishonchiga kirib, undan 2 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Qisqasi, S.Yusupov 2013-2017 yillar davomida jami 6 nafar fuqarodan 160 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shundan 3 nafar jabrlanuvchiga bor-yo‘g‘i 2300 AQSh dollarini qaytargan, 157.700 AQSh dollarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani" aytiladi.

"Fond direktori o‘zini yolg‘ondan Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yo‘li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olgani faktlari aniqlangan," deya ma’lum qilgan edi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuratura Yusupov bundan avval ham firibgarlikda aylanib jinoiy javobgarlikka tortilganini ta’kidlagan.

Xabarda aytilishicha, Yusupov odamlarga o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan odamlardan juda katta miqdorlarda pul olgani aniqlangan.

Said-Abdulaziz Yusupovning himoyachisi Arslon Shaymardonov Ozodlik bilan 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda Said-Abdulaziz qo‘yilgan ayblovlarga “qisman iqror bo‘ldi” deb aytdi.

Advokat sud maxfiyligi bois qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor eta olmasligini bildirdi.

Ammo Said-Abdulaziz Yusupov qamalishidan ikki kun o‘tib, ya’ni 12 may kuni Facebook tarmog‘ida tarqalgan videoda Said-Abdulaziz Yusupov prezidentga murojaat qilgan edi.

Videomurojaatda u o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganini iddao qilgan, o‘zini prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning ashaddiy himoyachisi ekanini bildirgan.

Maktub

Said-Abdulaziz Yusupovniki ekani ishonilgan maktub
Said-Abdulaziz Yusupovniki ekani ishonilgan maktub

Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupov ustidan yopiq sud boshlangan 9 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulazizniki ekani ishonilgan maktub tarqaldi.

Said-Abdulazizning onasi Jamila Bakayeva Ozodlik bilan 10 sentabr kuni bo‘lgan suhbatda maktubni ularning avtomobili o‘rindig‘idan topib olganini aytdi:

- Biz kelinimiz bilan ertalab chiqib qarasak, [maktub] mashinaning o‘rindig‘ida turibdi ekan. Mashina lyuki ochiq edi, o‘sha yerdan tashlab ketishgan shekilli, dedi Jamila Bakayeva.

U maktubning husnixatidan uning o‘g‘liga tegishli ekanligiga ishonchi komil bo‘lganini aytdi.

- Uning xati ekanligini uning xatidan, imzosidan va bizga gapirilgan gapidanam bilasizku. Oilada gapiradigan gaplari va husnixatidan uniki ekanligini bilaman, deya tushuntirdi Jamila Bakayeva.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк


"So‘roq"

Sud boshlanishidan 10 kun muqaddam bitilgani aytilgan maktubda muallif avvaliga sog‘ligi, qamoqqa olinishi tafsiloti va DXX Tergov boshqarmasida ikki hafta davom etgan "so‘roq"qa to‘xtaladi:

"Ular meni 25 maygacha har kuni 10-12 soatlab "so‘roq" qilishdi. Mendan turk maxsus xizmatlariga xizmat qilishim haqida majburlab ko‘rsatma olishmoqchi bo‘lishdi. Aybim ochiqchasiga Islom universitetida hijob kiyilishini himoya qilganim, Turkiya haqida kitob yozganim, Kastamonu davlat universiteti magistratura va doktoranturaga bepul o‘qishni tashkil qilganim ekan".

So‘ngra DXX Tergov boshqarmasidan Toshkent shahar IIBBda 6,5 kun davomida "jismoniy va ruhiy tazyiq"qa tutilganiga e’tibor qaratadi:

"U yerda "Temur", "Oybek", "Berdak"lar 6,5 sutka davomida menga nisbatan jismoniy, ruhiy, psixologik tazyiq o‘tkazishdi. Meni hatto zo‘rlamoqchi bo‘lishdi. Ya’ni dubinka bilan nomusimga tajovuz qilmoqchi bo‘lishdi. Meni sindirgan narsa – ayajonim va ayolimni qamash, xo‘rlash, keyin esa bola chaqamu otamgacha qanday qilib o‘ldirib yuborishlarini aytib ishontirishgani bo‘ldi".

"Oq va Qora"

Said-Abdulaziz Yusupov 2017 yilning dekabridan hibsga olingunga qadar O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat jamg‘armasiga rahbarlik qildi.

Mazkur fond 2005 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 3680 –sonli Qarori bilan tuzilgan.

Said-Abdulaziz Yusupov O‘zbekiston hukumati huzuridagi jamoatchilik kengashining a’zosi ham edi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, hibsga olinishi arafasida Said-Abdulaziz Yusupov Turkiyada prezident Shavkat Mirziyoyev haqida "Yangi O‘zbekiston: Rivojlanish strategiyasi va liberallashuv" nomli rus tilida kitob chop qilishga tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Onasi Jamila Bakayevaning aytishicha, ug‘li kitobning "signal" nusxasini Prezident administratsiyasidagi mulozimlardan biriga ko‘rsatish uchun olib borayotgan payti hibsga olingan.

Said-Abdulaziz Yusupov muqaddam "Madaniyat va ma’rifat" telekanalida “Oq va qora” ko‘rsatuvini olib borgan.

XS
SM
MD
LG