Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:48

Prezident Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida O‘zbekiston prezidenti birinchi marta 2018 yilda ishtirok etdi.
Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida O‘zbekiston prezidenti birinchi marta 2018 yilda ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2009 yilning 3 oktabr kuni imzolangan «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

1992 yilda Turkiy tilli davlatlar sammiti o‘tkazila boshlangan edi. 2009 yilning 3 oktabrida Ozarbayjonning Naxichevan mintaqasida Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

13 sentabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li "O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lishga qaror qildi. O‘zbekiston tomonining rasmiy murojaati Turk kengashi kotibiyatiga kelib tushdi", deb bayonot bergan edi.

2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Toshkentda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga qo‘shilishini e’lon qilgandi.

Dunyodagi turkiy tilli 6 davlatdan biri bo‘lgan O‘zbekiston rahbariyati 2018 yilgacha Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi sammitlaridan birortasida ishtirok etgan emas.

2018 yilning 3 sentabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta O‘zbekiston nomidan faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan edi.

“Turkiy kengash doirasida o‘zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishga tayyormiz”, degan edi Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida so‘zlagan nutqi davomida.

Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammiti 2010 yildan boshlab 2015 yilgacha har yili o‘tkazilib kelingan. 2015 yilda sammitni o‘tkazish navbati Qirg‘izistonga kelgan edi. Biroq bu davrga kelib Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi prezidenti Almazbek Atambayev Turkiya va Qozog‘iston bilan aloqalarni sovuqlashtirgani ortidan bu sammit o‘tkazilmay qolingan edi.

Qirg‘izistonning 2017 yil kuzida saylangan yangi prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Turkiy tilli davlatlar sammitini 2018 yilning 3 sentabrida o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni 21 iyun kuni imzolagan.

Mazkur sammitning o‘tkazilishi o‘shanda Qirg‘iziston uchun Turkiya va Qozog‘iston bilan aloqalarning yaxshilanayotganni anglatgan edi.

XS
SM
MD
LG