Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:00

Zomin hokimi tuhmatda ayblagan huquq faolining O‘zbekistondan chiqishiga izn berilmadi


Jurnalist va inson huquqlari faoli Malohat Eshonqulova 19 sentabr kuni O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegara punktidan chiqarilmadi.

Eshonqulova taxminicha, bunga hokimiyat vakilining o‘z ustidan ochtirgan jinoyat ishi asos qilib olingan bo‘lishi mumkin.

Ayni kuni Eshonqulova Jizzax viloyati Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyevni haqorat va tuhmat qilganlikda gumon qilinib, tergovga chaqirilgan.

- Hozirgina xalq orasida "Chernyayevka" deyiladigan chegara postining F2-0540 raqamli serjanti: "Opa, Vazirlar Mahkamasining 1995 yildagi 8-sonli qaroriga asosan sizni chegaradan chiqish huquqingiz taqiqlangan ekan. Qachon, kim tomonidan taqiq qo‘yilgani noma’lum", deb meni qaytardi, - deydi jurnalist.

Bu qaror esa¸ aytilishicha¸ ustidan tergov borayotgan, ayblangan va mahkamani kutayotgan shaxslarning chetga chiqishini cheklashni ko‘zda tutadi.

Shu yil 5 may kuni Zomin prokuraturasi tuman hokimi Alisher Abdug‘aniyev kiritgan so‘rov asosida Malohat Eshonqulova ustidan jinoyat ishi ochgan.

Hokim Eshonqulovani Internet tarmog‘ida tarqatgan materiallarida o‘zini haqorat qilganlik va tuhmat qilganlikda ayblagan.

Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, hokim arziga sabab bo‘lgan materialni Facebook sahifasida e’lon qilgan va unda Zomin tumanida yashovchi pensioner Nishonboy Xudoyberdiyevning tomorqasi va uyining bir qismi tortib olinganini yozgan.

- Men bu materialda Zomin tumani hokimiga ritorik savollar berganman, luqmalar tashlaganman. Ana shu ritorik savollarim va luqmalarim bilan hokimni haqorat qilib qo‘yganmishman. Men bu ayblovga qo‘shilmayman va buni kasbiy faoliyatimga tahdid, deb hisoblayman, - deydi huquq faoli.

Jurnalist o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishini noqonuniy, deb hisoblashini aytadi.

Unga ko‘ra, hanuz ayblov e’lon qilinmagan, o‘zidan ish doirasida tushuntirish olinmagan, shu bois, mamlakatdan chiqishining cheklanishi ham noqonuniydir.

Quyida M.Eshonqulova bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG