Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2019, Тошкент вақти: 19:24

OzodTa'sir: Chet elga jo‘nataman deb 52 kishidan 1670500000 so‘m olgan “Human"direktori ustidan jinoyat ishi ochildi


Pulini ololmayotgan mardikorlar HUMAN agentligi binosida

Toshkent shahar prokuraturasi “Human” bandlik agentligi” direktori, 29 yashar Shoxnur F. ustidan Jinoyat kodeksining “Firibgarlik" moddasi (168-modda) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

Bu haqda xabar qilgan Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, Shoxnur F. "juda ko‘p miqdorda” (168-moddaning 4-qismi “a” bandi) firibgarlik qilganlikda ayblanmoqda.

“Human” bandlik agentligi”ga doir bu yangilik Ozodlikning shu MChJ bilan bog‘liq maqolasi e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, 16-sentabrda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMBga jamoaviy ariza kelib tushgan.

IIBB xabarida bunday deyilgan:

Jami 52 kishidan tashkil topgan va respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi arizachilar ma’lum qilishlaricha, ular O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida taqdim etilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan “Human” bandlik agentligi” MChJ bilan 2018-yilning noyabr oyidan 2019-yilning sentabr oyigacha shartnomalar tuzishgan.

Shartnomalarga ko‘ra, MChJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Buning uchun har bir arizachi MChJning hisob raqamiga 18 dan 35 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ko‘chirgan.

Shu tarzda “Human” bandlik agentligi” MChJning hisob raqamiga 52 nafar arizachilardan umumiy miqdorda 1 670 500 000 so‘m kelib tushgan.

Biroq arizachilardan hech biri chet elda ishga joylashtirilmadiy. MChJ jabrlanuvchilarga pullarni qaytarib bermaganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zining rasmiy saytida xabar bergan edi

Tergov-oldi harakatlari Yakkasaroy tumani IIO FMB va prokuraturasi tomonidan hamkorlikda olib borildi. Natijada Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda”) bo‘yicha jinoyat ishu ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda ayblanuvchi sifatida ushbu MChJ direktori 29 yoshli Shoxnur F. jalb qilindi.

Yuqoridagi arizachilardan tashqari, hozirgi vaqtda respublikaning boshqa viloyatlaridan ham arizachilar murojaat qilishmoqda.

Agarda siz ham ushbu agentlik harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu ish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-230-98-40 raqami orqali murojaat qiling.

XS
SM
MD
LG