Линклар

Шошилинч хабар
14 октябр 2019, Тошкент вақти: 13:10

OzodTarmoq: Bloger bitta hokimning to‘rt xil imzosi borligiga hujjat keltirdi


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Bahodirxon Eliboyev 10 oktabrda o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

Eliboyev o‘z postini "G‘aniyev xalqni aldaganiga tirik misol" sarlavhasi ostida e’lon qilgan. Biroq OzodTarmoq asosiy sarlavhaga boshqa gapni chiqardi. Chunki Eliboyev o‘z postiga ilova qilgan suratda to‘rtta hujjat ostida bitta hokimning 4 xil imzosi aks etganki, aynan shu holat o‘ta qiziq ko‘rindi...

Bahodirxon Eliboyev quyidagi postiga ilova qilgan o‘sha surat:

***

G‘aniyev xalqni aldaganiga tirik misol.

Rishton tuman qurilish ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Sodiqjon Haydarovni rishtonliklar yaxshi tanisalar kerak... Necha yillardan beri hokimiyatda faoliyat olib boradilar akamiz. Mindey o‘tirib gaplashsangiz yaxshi odam. Qonunlarni keltirib "nega" desangiz, "buyruq bo‘lsa, keyin bajaraman" deydigan darajada kattalarga sodiq!

Navbatdagi muammo ustida gaplashib qoldik. "Ha endi sizlar like sonini sanab, o‘zlaringni blogger hisoblab yurasizlar-da", deb kulib qo‘ydilar. Xuddi-ki, biz bu yerda hech nima qilmayapmiz-u, faqatgina u kishi hamma ishni qilmoqdalar. Jurnalist amalda nima qilsin? Voqelikni ko‘rsatyapmiz, bu amaldagi ish emasmi? Axir tekinga reklama qilib, hokimlaru. o‘rinbosarlarini elga tanityapmiz-ku. nega bloggerlarni yomon ko‘rib qolishdiykin?

"Tuman hokimi yangi kelgan, hali bu ishlarda uncha tushunmaydi" degan xayol bilan hokim nomidan imzolar qo‘yib ishni bitirib ketish ham mumkin ekan.

Sarlavhada nega G‘aniyevni qo‘shding, Sodiq Haydarovga nima daxli bor demasdan turing. Shuhrat G‘aniyev Rishtonga kelib, kechirim so‘rab, 14 kishi ishdan olingan deb shu akamizning ham ismlarini tilga olgan. Lekin akamiz hech nima bo‘lmagandek ishlab yuribdilar. G‘aniyev xalqni aldaganiga tirik misol shu akamiz bo‘ladilar.

Mening bitta imzoyim bor. Nazarimda, sizning ham bitta imzoingiz bor. Lekin Rishton hokimining bir nechta imzosi bo‘lishi g‘alati. Yoki atrofidagilar qo‘l qo‘yib, "hokim buyrug‘i" deb ish bitirishlari uchunmi bular?

Jinoyat Kodeksida 228-modda edi adashmasam, hujjatni mana shunday chiqarvorishovrsa, ertaga nizolarda sudning ham boshi qotib qoladi-ku. Xalqning ishini qiyinlashtirib kayf qilishadimi deyman-da...

Boshqa tuman va shaharlardayam shunaqami ahvol? Unda Prezidentning imzosi nechta ekan?

XS
SM
MD
LG