Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:51

EʹLON: Ozodlikning kechki radioeshittirishi uzatiladigan to‘lqinlar o‘zgaradi


Yevropa mamlakatlari 27 oktabr tunidan boshlab qishki vaqtga o‘tishi munosabati bilan bosh qarorgohi Pragada joylashgan Ozodlikning kechki radioeshittirishlari uzatiladigan radioto‘lqinlar o‘zgaradi.

Qisqa to‘lqindagi Ozodlik eshittirishlari:

27 oktabrdan boshlab, Ozodlikning kechki eshittirishlarini quyidagi radioto‘lqinlarda tinglashingiz mumkin:

- Toshkent vaqti bilan, soat 19:00 dan 20:00 gacha - 12 ming 45 kHz yoki 15 ming 490 kHz to‘lqinlarida;

- Toshkent vaqti bilan, soat 21:00 dan 22:00 gacha - 9 ming 490 kHz yoki 9 ming 940 kHz qisqa to‘lqinlarda.

Ozodlikni onlayn tinglash:

Ozodlik radiosi eshittirishlarishini saytimizdagi bosh sahifa va maxsus Audiosahifada 24/7 rejimida - uzluksiz tinglashingiz mumkin.

Buning uchun bosh sahifaning tepa-o‘ng burchida "Tinglash" tugmasini bosing!


Ozodlik radiosining maxsus Audiosahifasi:

- kundalik uzluksiz eshittirishlar va bu eshittirishlar arxivi;

- kundalik yarim soatlik maxsus OzodPodcast va podkstlar arxivi;

- hargi kungi audiolavhalar, eksklyuziv intervyu va davra suhbatlari hamda ularning arxivini topishingiz mumkin.

YouTube tarmog‘idagi Ozodlik Radiosi kanali:

Bu kanalda kundalik eshittirishlarimizni podkast (30 daqiqa) va qisqa audiolavhalar (3-5 daqiqa) shaklida tinglashingiz mumkin.

Bundan tashqari, Ozodlikning kundalik videoreportajlari va maxsus video dasturlarini ham YouTube tarmog‘idagi Ozodlik Radiosi kanalida tomosha qilib borishingiz mumkin.

Shuningdek, ​Ozodlik radiodasturlari Telegram tarmog‘idagi Ozodlik Radiosi kanalida, Android va Apple telefonlari uchun ishlab chiqilgan maxsus Ozodlik Radiosi, OzodPodcast ilovalarida tinglashingiz mumkin.

AsiaSat 7 va HotBird 13B sun’iy yo‘ldoshlarida:

AsiaSat 7

Bu sun’iy yo‘ldosh taqdim etadigan kanallar orasidan "Ozodlik radiosi", deb yozilgan kanalni toping va quyidagi parametrlarga moslang:

AsiaSat 7
Orbital Location: 105.0 Degrees East
POLARIZATION: Horizontal
FREQ: 4040 MHz
L-Band Frequency: 1110 MHz (Typical)
FEC:1/2
SYMBOL RATE 26.5MS/s​
Network Identification (ID): 1
Channels ASD-1 - 12 and 17 - 24
Video + PCR PID 7160
Channels ASD-13 - 16 and 25 - 32
Video + PCR PID 7260
Channels ASD-33 - 40
Video + PCR PID 7560

HotBird 13B​

Bu sun’iy yo‘ldosh taqdim etadigan kanallar orasidan "Ozodlik radiosi", deb yozilgan kanalni toping va quyidagi parametrlarga moslang:

HotBird 13B
Orbital Location: 13 Degrees East
POLARIZATION: Vertical
FREQ: 12.226 GHZ
FEC: 3/4
SYMBOL RATE: 27.5 MS/s
VIDEO & PCR PID: HB1-8:4260 HB9-28: 4360
DATA RATE: 192 kbps
ENCODING: MPEG2

Sun’iy yo‘ldoshdagi eshittirishlarimizni Toshkent vaqti bilan soat 07:00dan 09:00gacha, 13:00dan 14:00gacha, 17:00dan 22:00 gacha tinglashingiz mumkin.

Biz bilan aloqa:

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:

+420 602 612 713 (WhatsApp, Telegram, Viber)

+420 724 971 539 (WhatsApp, Telegram, Viber)

ozodlikmail@gmail.com, uzbekweb@rferl.org

Skype: OzodSkype; OzodOvoz; OzodlikOnline

XS
SM
MD
LG