Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:50

"Milliy tiklanish"dan chiqarilgan deputat "Adolat"ga qabul qilindi


Kabul Dusov

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan Kabul Dusov, partiya a’zoligidan chiqarilgach, "Adolat" sotsial demokratik partiyasiga qabul qilindi.

Bu haqda deputatning o‘zining Feysbuk sahifasida yozdi.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashining rasmiy bayonotida aytilishicha, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati K.Dusovning OAVlar, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlardagi chiqishlarida partiya Ustavi, partiyaning maqsad va vazifalariga, obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatgani hamda ko‘plab partiya a’zolarining haqli e’tirozlarini keltirib chiqargani uchun u partiya a’zoligidan mahrum qilingan:

"Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati tomonidan partiya rahbari nomiga aytilgan asossiz, bo‘htonlar deputatning shaxsiga baho berish uchun keng jamoatchilikka yetarli ekanini inobatga olib, partiya ushbu masalani muhokama uchun mavzu emas, deb xisoblaydi", deyiladi partiya bayonotida.

Bu bayonotdan so‘ng Kabul Dusov, partiyadan o‘zi chiqib, "Adolat"ni tanlaganini o‘z sahifasida e’lon qildi:

"Men milliy tiklanishimiz uchun "Adolat"ni tanladim, chunki adolatsiz tiklanish yo‘q! Chunki kuch adolatda!!! (A.Temur)"

Kabul Dusov o‘tgan haftada uyining oldidagi qurilishga yuk olib kelayotgan avtomobilni mahalliy aholi kiritmayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari deputatni oddiy odamlarni mensimaslikda va qo‘pol so‘zlar gapirganlikda ayblagan edi.

"Milliy tiklanish" partiyasi Markaziy kengashi Kabul Do‘sovni OAVlar, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida partiya Ustavi, partiyaning maqsad va vazifalariga, obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatganlikda ayblagan edi.

Kabul Dusov ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy saytlarda o‘zining keskin chiqishlari bilan tanilgan blogerlardan biri sanaladi.

XS
SM
MD
LG