Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 01:28

HRW Boku rasmiylarini aholining tinch namoyishga chiqishiga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi


Boku shahri, 2019, 19 oktabr

Human Rights Watch (HRW) tashkiloti Ozarbayjon rasmiylarini dam olish kunlari tinch norozilik namoyishlari davomida qo‘lga olingan shaxslarni ozodlikka chiqarishga chaqirdi.

Tashkilot, shuningdek, mamlakat rasmiylarini politsiya oshiqcha kuch ishlatgani haqidagi iddaolarni ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Tashkilot 22 oktabr kuni e’lon qilgan bildiruvda politsiya namoyishga chiqqan tinch aholi va muxolifat faollarini bir yerga to‘plab, ularni kaltaklagani va politsiya mashinalari va avtobuslarga kuch ishlatib o‘tirg‘izgani aytiladi.

HRW tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Giorgi Gogia:

- Ozarbayjon hukumati yana bir bor aholining tinch namoyishga chiqish huquqini mensimasligini ko‘rsatdi, - dedi.

19 oktabr kuni Bokuda taqriban 220 kishi norozilik namoyishiga chiqdi, ularning 60 nafarini politsiya qo‘lga oldi. Qo‘lga olinganlarning 42 nafari “ogohlantirilib”, qo‘yib yuborildi, 18 kishining ishi esa ma’muriy sudga oshirildi.

Rasmiylar, shuningdek, norozilik aksiyasi arafasida 10 nafar muxolifatchini qo‘lga oldi.

20 oktabr kuni politsiya uydagi zo‘ravonlikka qarshi namoyishga chiqqan 50-60 odamni tarqatib yuborgan edi. Ularning ayrimlari qo‘lga olindi, ammo keyinroq qo‘yib yuborildi.

Norozilik aksiyasini "Demokratik kuchlar milliy kengashi" guruhi uyushtirgan. Ushbu guruh Ozarbayjondagi muxolifat guruhlarini birlashtiradi. Namoyishga rasmiylar ruxsat bermagan.

Namoyishlar arafasida ozarbayjonlik surishtiruv jurnalisti Xadicha Ismoilova politsiya uch metro stansiyasini yopib qo‘yganini xabar qildi. Shuningdek, Ismoilova shaharning aksar qismida Internet xizmati to‘xtatilganini bildirdi.

Human Rights Watch tashkiloti Ozarbayjon rasmiylarini tinch namoyishga ruxsat bermagani uchun tanqid qildi.

Namoyishchilar siyosiy mahbuslar ozod qilinishi hamda tabiiy gaz va elektr quvvati narxlarini arzonlatishini talab qilgan.

XS
SM
MD
LG