Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:22

Haydovchilarning norozilik aksiyasi ortidan ularni haqorat qilgan yo‘l inspektori ishdan chetlatildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

U. Zamonov o‘zining tushuntirish xatida joriy yilning 22 oktabr kuni telegramdagi “Voditeli Yangiyulya” nomli guruhda taksi haydovchilari tomonidan YPX xodimlarini kamsituvchi postlar tarqatilganidan so‘ng, ularga javoban, ushbu haqoratli audio yozuvni yuborganligini tan olgan.

YPX inspektori ushbu xatti-harakatlari bilan fuqarolar o‘rtasida ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar kelib chiqishiga hamda jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun, viloyat IIBB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, YHXB katta inspektori leytenant U.Zamonov egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar qildi.

Ozodlik 23 oktabrda Toshkent viloyat, Yangiyo‘l tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Usmon Zamonov Ichki ishlar vazirligining nazorat va taftish komissiyasiga chaqirtirilgani, bunga 22 oktabr kuni jtimoiy tarmoqlarda Usmon Zamonov deb iddao qilinayotgan shaxsning haydovchilarni haqorat qilayotgani yozilgan audio tarqalgani sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Yangiyo‘l tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon Zamonovning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuv Telegramda tarqalgach, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Qariyb 40 sekund davom etgan audioda, o‘zini “GAI zamnachalnigi Usmon” deb tanishtirgan shaxs yangiyo‘llik haydovchilarning “qaerda GAI turganligi” haqida bir-birlarini ogohlantirayotgani uchun haqorat qiladi:

“Ey Yangiyo‘l gruppadagilar! Mani eshit hammang ey, taksilar. X…yet qilmasdan k…tingni qisib yur hammang. Tushundingmi? Bo‘lar-bo‘lmas gapni gapirovurmagin u edi, bu edi, bo‘tta GAI turibdi, bo‘tta GAI turibdi. GAI og‘zingga s…vottimi, k…tingga s…vottimi, san gan…nlarni. Pid…s. Sen erkak bo‘lsang na x…y, mana betga kelsang man Usmonman zamnachalnik GAI shu Yangiyo‘l tumani. Mani qo‘limga tushsanglar k…tingga s…man, san isqirtlarni. Man sanlarga gapirvomman. Qo‘limga tushmagin k…tingga s…man, san haromilar. GAI onangni s...dimi, j...blar? Basharangga q...im, sanlarni”.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmatining 24 oktabr kungi xabarida bunday deyilgan:

Oldin xabar berilganidek, joriy yilning 22 oktabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB YHXB katta inspektori leytenant U.Zamonov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tuman yo‘nalishsiz taksi haydovchilarga nisbatan haqoratli murojaat qilganligi holati audio yozuvda tarqatilgan edi.

Tarqatilgan audio yozuv yuzasidan 23 oktabr kuni soat taxminan 21:30 larda Yangiyo‘l shahrida joylashgan YHXB ma’muriy binosi atrofiga taxminan 100ga yaqin yo‘nalishsiz taksi haydovchilari izoh berilishini so‘rab yig‘ilishgan.

Shunda Viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud, Yangiyo‘l shahar va tuman IIB rahbarlari yig‘ilganlar bilan uchrashib, YHXB katta inspektori U.Zamonovga nisbatan hozirda xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini, barcha to‘plangan hujjatlar prokuratura idoralariga yuborilib, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirilganidan so‘ng, yig‘ilganlar tarqaldi.

Toshkent viloyati IIBB tomonidan olib borilgan batafsil tekshiruv ishlari natijalariga ko‘ra, U.Zamonov dastlab mazkur audio yozuv unga tegishli emasligini telegram ijtimoiy tarmog‘idagi norasmiy kanallarda xabar qilgan bo‘lsa-da, tekshiruv davomida audio yozuv haqiqatdan ham o‘ziga tegishli ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, U.Zamonov o‘zining tushuntirish xatida joriy yilning 22 oktabr kuni telegramdagi “Voditeli Yangiyulya” nomli guruhda taksi haydovchilari tomonidan YPX xodimlarini kamsituvchi postlar tarqatilganidan so‘ng, ularga javoban, ushbu haqoratli audio yozuvni yuborganligini tan olgan.

YPX inspektori ushbu xatti-harakatlari bilan fuqarolar o‘rtasida ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar kelib chiqishiga hamda jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun, viloyat IIBB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, YHXB katta inspektori leytenant U.Zamonov egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

Hozirda prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Yangiyo‘l tumani IIB YHXB xodimlari joriy yilning 1 oktabr kunidan 23 oktabr kuniga qadar, viloyat Transport boshqarmasi bilan hamkorlikda “Litseniyasiz yo‘lovchi tashish” faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 56 nafar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirib, avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. O‘tkazilgan “Reyd” tadbirlari davomida leytenant U. Zamonov shaxsan ishtirok etganligi aniqlandi, deyilgan Toshkent viloyat IIBB Matbuot xizmati xabarida.

XS
SM
MD
LG