Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:17

ID Bag‘dodiyning o‘limi haqda ham, yangi rahbar haqda ham hali e’lon qilmadi


Iroqliklar Bag‘dodiyning o‘limiga oid lavhani tomosha qilmoqda, Najaf, 2019 yil 27 oktabri.
Iroqliklar Bag‘dodiyning o‘limiga oid lavhani tomosha qilmoqda, Najaf, 2019 yil 27 oktabri.

Abu Bakr al-Bag‘dodiyning izdoshlariga qilgan so‘nggi radio murojaatlaridan biri Islom davlati (ID) mahbuslarini, Suriya shimolidagi jamloq va qamoqxonalarda ushlab turilgan ayollarni ozod qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilish da’vatidan iborat edi.

Kurd xavfsizlik xizmatlari ekstremistik tashkilot rahbari o‘limidan xabar topgach, hujum yoki tartibsizliklardan xavotirga tushib, o‘sha muassasalardagi xavfsizlikni mustahkamlash taraddudiga tushib qoldi. Ayni muassasalarda jangarilar tashkilotining 80 mingdan oshiq a’zosi va tarafdori, jumladan, ayollar va bolalar ushlab turilibdi.

Joriy oyda Suriyaning shimoli-sharqiga Turkiya armiyasi bostirib kirgandan so‘ng qo‘lga olingan kishilarning taqdiri nima bo‘lishi noaniqligi bilan bog‘liq xavotir yuzaga keldi, negaki, Bag‘dodiy murojaatidan so‘ng oradan o‘tgan deyarli ikki hafta mobaynida hududdagi qo‘shinlar tarkibida yirik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kurd amaldorlari turklarinng hujumini qaytarish uchun jangchilar va logistikani front chizig‘iga ko‘chirish kerakligini aytdi. Turkiya o‘z qo‘shinlarini chegara bo‘yidagi hududlarga kiritdi, Suriya chegarachilari esa boshqa hududlarga joylashtirildi.

Sulh va kurd kuchlarini chegaradan uzoqroq hududga joylashtirish haqidagi kelishuv omonat bo‘lib turibdi.

Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi habar jamloqlarda e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, uning Suriyadagi vaqtinchalik ushlab turish muaasasalarida yashayotgan tarafdorlari qo‘lida telefon bor va ular bundan xabar topgani ehtimoldan xoli emas.

− Modomiki, erkaklarimiz qamoqda ekan, biz xalifalik askarlarimiz, − degan shiorlarni aytib baqirdi Suriya shimolidagi mahbuslar ushlab turilgan eng katta jamloq al-Holdagi ba’zi ayollar. Bu haqda kurdlar yetakchiligidagi ichki xavfsizlik agentligi xodimi jurnalistlarga ismi sir qolish talabi bilan xabar qildi.

Jamloqda 70 mingdan oshiq ayol va bola bor, ularning 11 mingdan oshig‘i chet elliklardir. 10 mingdan oshiq mahbus, jumladan, 2000 chet ellik Suriya shimoli-sharqidagi hibs joylarida ushlab turilibdi.

AQShning maxsus amaliyot kuchlari o‘tkazgan tungi reyd al-Bag‘dodiy rahbarligida global tashkilotga aylangan jangarilar guruhiga zarba bo‘ldi. ID hududlar nazoratini yo‘qotgandan so‘ng oradan bir necha oy o‘tib, uning halok bo‘lishi tashkilot faoliyatining yangi bosqichini boshlab bermoqda. Bir tarafdan, ko‘pchilik yangi rahbariyatga ishonmayotgan bo‘lsa, boshqa tarafdan, uning ming-minglab tarafdorlari va a’zolari qamoqxonalarda azob chekmoqda.

A’zolari soni 14000 – 30000 kishi deb baholanayotgan va yagona tuzilmasi bo‘lmagan tashkilot so‘nggi ikki yilda nazoratidagi hududlardan ayrilgach, qo‘zg‘olon ko‘tarishga hozirlanmoqda. Shu bilan birga, IDning chet ellardagi sodiqlikka va’da bergan filiallari soni ortdi.

Unga navbatdagi rahbar etib tayinlanadigan kishi tashkilotning Suriya bilan Iroqdagi mavqeini mustahkamlashi yoki global qamrovga e’tibor qaratishini belgilab beradi.

Tashkilot hali na al-Bag‘dodiyning o‘limini va na yangi rahbarni e’lon qildi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarga ID bilan bog‘liq guruhlar vakillari qo‘ygan postlarda yetakchining o‘limi mafkura tugashini anglatmasligi ta’kidlanmoqda.

Ekspertlar va xavfsizlik uchun mas’ul amaldorlar al-Bag‘dodiyning yaqin yordamchilaridan biri uning o‘rnini egallashini aytmoqda. Biroq IDning soyadagi rahbari xavfdan cho‘chishi va al-Bag‘dodiyning yaqinlari bilan janjallashib qolgani ma’lum. Bir nomzod talafarlik iroqlik turkman va Saddam Husayn armiyasi sobiq zobiti Abdulloh Qardoshdir. U al-Bag‘dodiy bilan AQSh qamoqxonasitda uchrashib qolgan va uning xavfsizilik bo‘yicha eng yaqini bo‘lgan edi.

Agar al-Bbag‘dodiy o‘ziga voris tayinlab ketgan bo‘lsa, taxminan 10 kishidan iborat soyadagi guruh rahbariyati − “Sho‘ro” kengashi keyingi rahbarni saylaydi. Lekin ulardan qanchasi hali ham tirik ekani ma’lum emas.

Al-Bag‘dodiyning yaqin yordlamchilaridan yana biri Abu Hasan al-Muhojir al-Bag‘dodiy o‘zini AQSh maxsus qo‘shinlari reydi vaqtida portlatib yuborgandan so‘ng oradan bir necha soat o‘tib, yakshanba kuni AQShning kurd qo‘shinlari bilan qo‘shma amaliyoti chog‘ida Jarablusda o‘ldirildi. Al-Muhojir haqida juda kam ma’lumot bor, faqat 2016 yili matbuot kotibi etib tayinlangani va “muhojir” deb olgan laqabiga qaraganda, chet ellik ekani ma’lum, xolos.

Suriya kurdlari qo‘shinlari vakili Mustafo Balining aytishicha, uning jangchilari al-Muhojir Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan jangarilar nazoratidagi Jarablusga al-Bag‘dodiyning safarini uyushtirishga borgan, deb hisoblaydi.

Yangi rahbar oldida turgan ustuvor vazifalardan biri, ekspertlarga ko‘ra, tarafdorlarini qamoqxonalardan ozod qilish bo‘ladi. Tashkilot o‘tgan safar Iroqda “Devorlarni buzish” nomi bilan bir yil davom etgan amaliyotlar vaqtida mahbuslarning qamoqxonalardan qochishini uyushtirgan edi. 2012 – 2103 yillarda kamida 8 ta turli qamoqxonalarni buzish amaliyoti chog‘ida 500 ga yaqin kishi ozod qilingan edi.

Kurd ichki xavfsizlik agentligi qo‘shinlari Suriya shimoli-sharqidagi jamloqlarda tartibsizliklar yuzaga kelishi, qamoqxonalarga hujum va “o‘ch olish hujumlari” uyushtirilishini kutib, “o‘ta shay” holatga keltirildi, chunki o‘sha qamoqxona va jamloqlarda ID tarafdorlari ko‘p.

Vashington shahrida joylashgan Harbiy tadqiqotlar institutining Suriya bo‘yicha eksperti Jennifer Karafellaga ko‘ra, ID hali Iroqdagi rahbarini saylash-saylamasligi aniq emas.

ID bo‘yicha ekspert Hasan Hasanning fikricha, tashkilotning Iroqdagi rahbari iroqliklardan saylanadi, chunki a’zolarining ko‘pchiligi – ushbu mamlakatdan. Uning qo‘shimcha qilishicha, “yangi rahbar kim bo‘lishidan qat’i nazar, barchasini – meros yaratishni va o‘zini ko‘rsatishni boshdan boshlashiga to‘g‘ri keladi”.

XS
SM
MD
LG