Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:35

"Militsiya amaldori mashinasi bilan avariya sodir etgan o‘g‘limni qamab qo‘yishdi"


Andijonning Jalaquduq tumanida yashovchi Dilmurod Tohirov 26 oktabr kuni yuqori lavozimli militsiya amaldori mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan 20 yashar o‘g‘li Abdulloh Tohirovni hibsga olishgani, o‘shandan buyon o‘g‘li bilan uchrashtirishmagani yuzasidan OzodMikrofon ga arz qildi.

"O‘shandan beri o‘g‘limni qaerdaligini bilmayman, nimada ayblashayotganini ham aytishmayapti", - dedi Tohirov 2 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda.

Dilmurod Tohirovning aytishicha, avariya o‘g‘lining aybi bilan bo‘lgani sabab u militsiya amaldoriga mashinasini ta’mirlab berishini aytgan va ustaga ko‘rsatish uchun mashinasini videotasvirga olgan.

"Keyin bilsak bu mashina Andijon viloyat IIBsi Terrorizmga kurash bo‘limi boshlig‘ining mashinasi bo‘lib chiqdi, mashina ichidan boshqa davlat raqami ham chiqdi. Ular videoga olganimizni bilib qolib, o‘g‘limning ketidan tushishdi. Hozir o‘g‘limni qaerdaligini ham bilmayman, hech kim hech narsa aytmayapti", - deydi Tohirov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:40 0:00
Бевосита линк


Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Abdulloh Tohirovning nega hibsga olingani va unga qanday ayb qo‘yilayotgani haqida Ozodlikka ma’lumot bermadi.

Ozodlik muxbiri Andijon viloyat IIBsi Terrorizmga kurash bo‘limi boshlig‘ining mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilganida telefon egasi boshqa joyga tushdingiz deb telefonni o‘chirib qo‘ydi.

Dilmurod Tohirov o‘g‘lining taqdiri haqida ma’lumot so‘rab O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga yozma murojaat qilgani,lekin hanuz javob olmaganini aytdi.

"Ozod mikrofon " rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati ma’sul emas.

XS
SM
MD
LG