Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:17

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vafotiga uch yil to‘ldi


O‘zbekiston xalq shoiri¸ O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov
O‘zbekiston xalq shoiri¸ O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov

5 noyabr kuni O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov vafot etganiga roppa-rosa uch yil to‘ldi.

O‘zbekiston gimni muallifi 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgandi.

Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga keldi.

O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika bo‘limiga kirib, 1963-yilda tamomladi.

1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib, Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish idorasining O‘zbekistondagi rahbari vazifalarini bajardi.

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida chop etildi. 1965-yilda birinchi she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» kitobi chop etildi, shundan buyon shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O‘zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosildi.

Abdulla Oripov Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga o‘girdi, Nekrasov, Ukrainka, Shevchenko asarlarini ham ona tiliga tarjima qildi.

Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan.

"Atrofda ruhan gado odamlar"

Abdulla Oripov vafotidan to‘rt oy oldin Ozodlik muxbiri Shuhrat Bobojon bilan suhbatlashgandi.

Suhbatda o‘zbek she’riyatida Navoiydan keyin eng ko‘p mutolaa qilingan shoir, deb bilingan 75 yashar Abdulla Oripov "o‘zbek millatining bugungi holidan o‘kinaman" deb aytgandi.

Abdulla Oripov o‘z vaqtida unga xushomad qilgan, bugun esa unutgan “shogird”laridan yozg‘irgandi.

"Atrofda ruhan gado odamlar. Ruhan mayib odamlar. Ojiz odamlar. Qalban qul odamlar. Pishmagan qovunlar bular. Tafakkur qilmaydi ular. Bular mol–mulk izidan, boylik izidan, amaldor izidan ketadi. Navoiy ëki Maxtumqulini izidan ketmaydi. “Puling qancha?” deb so‘raydi. Endi muhit shunaqa, Mashrabni osgan eldan men qadr tilarmidim," deya yozg‘irgandi.

Shoir vafotidan bir yil o‘tib Qarshi shahrida shoir nomida ona-tili va adabiyotga ihtisoslashgan internet tashkil qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida" qaroriga binoan xiyobonda "milliy adabiyotning ulkan namoyandalari" Ozod Sharafiddinov¸ Erkin Vohidov¸ Muhammad Yusuflar qatorida Abdulla Oripovga ham haykal o‘rnatildi.

XS
SM
MD
LG