Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 04:34

Tojik rasmiylari: Chegara postiga hujum ID tomonidan sodir etilgan (VIDEO)


Hujum yuz bergan joy

Tojikiston rasmiylarining e’lon qilishicha, O‘zbekiston sarhadlariga yaqin “Sultonobod” chegara zastavasiga hujum “Islom davlati” (ID) guruhi qurollilari tomonida amalga oshirilgan. Qurolli hujumda bir chegarachi, bir politsiya xodimi va 15 nafar hujumchi o‘ldirilgan.

Tojikiston rasmiylariga ko‘ra, besh qurolli hujumchi qo‘lga olingan.

Odatda o‘z qurolli amaliyotlari haqida zudlik bilan xabar tarqatuvchi ID hozirga qadar Tojikiston rasmiylari xabariga izoh bildirgani yo‘q.

Tojikiston Chegara qo‘shinlari matbuot markazining 6 noyabrda xabar berishicha, qo‘lga olinganlar so‘roq qilingach, qurolli hujumchilarning ID guruhi buyrug‘i bilan 3 noyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Kunduz viloyatining Qal’ai Zol tumanidan Tojikiston janubidagi Qubodiyon tumani hududiga sizib kirganliklari ma’lum bo‘lgan.

Тожик расмийлари: Чегара постига ҳужум ИД томонидан содир этилган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00

"Ular “Ishqobod” chegara nazorat punktini o‘zlariga munosib joy deb tanlab, qurolli hujumga qo‘l urdilar", deyiladi Tojikiston Chegara qo‘shinlari xabarida.

Tojikiston rasmiylari avvalroq 6 noyabriga o‘tar kechasi 20 nafar niqobli noma’lum shaxsdan iborat qurolli guruh tojik-o‘zbek chegarasidagi chegara zastavasiga hujum qilgan, deya ma’lumot tarqatgandi.

Tojikiston IIV amaliyot chog‘ida guruhga tegishli 4 avtomashina yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

Ozodlikning tojik xizmati muxbirlarini voqea joyiga o‘tkazmaganlar.

Chegara zastavasi atrofi o‘rab olingan
Chegara zastavasi atrofi o‘rab olingan

Hodisa sodir bo‘lgan hududda yo‘llar yopilgan, Tojikistonning boshqa mintaqalari va poytaxt Dushanbeda qurolli postlar qo‘yilgan.

O‘zbekiston chegara xizmati chegara zastavasiga qilingan hujum tafsilotlarini o‘rganmoqda, deya xabar qiladi TASS axborot agentligi O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari vakili so‘zlariga tayangan holda.

“Sodir bo‘lgan voqea haqida bizni xabardor qilishdi. Biz vaziyatni o‘rganayapmiz va Tojikistonning tegishli muassasasi bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, degan agentlik manbasi.

XS
SM
MD
LG