Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:38

Kosondagi tug‘ruqxonada joy yetishmasligi sabab ayollar uch hafta polda yotishga majbur bo‘ldi (VIDEO)


Tasvirlarni jo‘natgan ayolning Ozodlikka aytishicha, surat oktabr oyi o‘rtalarida Koson tug‘ruq ko‘mpleksining ginekologiya bo‘limida olingan. 

Qashqadaryoning Koson tumani Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksida ta’mirlash ishlari o‘tkazilgani sabab ko‘zi yorigan ayollar oktabr oyi boshida uch hafta davomida polda yotishga majbur bo‘ldi.

Ko‘zi yorigan ayollardan Ozodlikka yuborilgan surat va videotasvirda bir necha ayol chaqalog‘i bilan polga to‘shalgan matraslarda o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Tasvirlarni jo‘natgan ayolning Ozodlikka aytishicha, surat oktabr oyi o‘rtalarida tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limida olingan.

Koson tumani Tibbiyot birlashmasining ismi ochiqlanmaslik sharti bilan Ozodlik savollariga javob bergan rahbarlaridan biri ayollarning polda yotganini Ozodlikka inkor etdi.

U tug‘uruq bo‘limi 2019 yil 1 oktabrdan 20 oktabrgacha ta’mirlash uchun reja asosida yopilganini bildirdi.

Surat bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish jarayonida Ozodlik tug‘ruqxonada so‘nggi bir oy ichida kamida bir chaqaloq nobud bo‘lganini ham aniqladi.

Косондаги туғруқхонада жой етишмаслиги сабаб аёллар уч ҳафта полда ётишга мажбур бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00

Ozodlikka kelgan surat va videotasvirlarda linoleum to‘shalgan beton polga tashlangan matraslar ustida ikki ayol o‘tirgani, yana bir ayolning bola emizayotgani aks etgan.

Xona chekkasida ikkita karavot ham ko‘rinadi.

Tasvirlarni jo‘natgan ayolning Ozodlikka aytishicha, surat oktabr oyi o‘rtalarida Koson tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limida olingan.
Tasvirlarni jo‘natgan ayolning Ozodlikka aytishicha, surat oktabr oyi o‘rtalarida Koson tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limida olingan.

Suratni Ozodlikka jo‘natgan ayolning aytishicha, ushbu suratni u Koson tumani tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limida 15 oktabr kuni olgan.

O‘sha kuni ko‘zi yorigan olti ayol o‘sha xonada yotdi. Ikkitasi karavotda, to‘rttasi polda.

- O‘sha kuni men bilan sakkiz ayolni ko‘zi yorigan. Xonada ikkita karavot bor. O‘sha kuni ko‘zi yorigan olti ayol o‘sha xonada yotdi. Ikkitasi karavotda, to‘rttasi polda. Tug‘ruq bo‘limi ta’mirlangani uchun polda yotib turasizlar deyishgan edi, - dedi ayol.

Koson tumani tug‘ruqxona kompleksi hamshiralaridan biri o‘tgan oy kompleksda ta’mir ishlari olib borilgani sabab o‘sha paytda tuqqan ayollarning bir qismi vaqtincha polga yotqizilganini aytdi.

Koson tumani Tibbiyot birlashmasining ismi ochiqlanmaslik sharti bilan Ozodlik savollariga javob bergan rahbarlaridan biri esa ayollarning polda yotganini Ozodlikka inkor etdi.

Uning izoh berishicha, Koson Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi 2019 yil 1 oktabrdan 20 oktabrgacha ta’mirlash uchun reja asosida yopilgan.

Shu sababli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limida vaqtinchalik tug‘ruq zali tashkil etilgan.

-O‘sha paytda remont bo‘lgan, lekin polda yotish bo‘lmagan. Hozir ta’mir ishlari tugagan, hamma bemorlar, ko‘zi yorigan ayollar koykada yotibdi, kelib ko‘rishingiz mumkin, - dedi birlashma rahbarlaridan biri.

Shu yilning iyun oyida Andijon viloyati Marhamat tumani Tug‘ruq kompleksida ko‘zi yorigan ayollar chaqalog‘i bilan yangi ta’mirdan chiqqan xonaning poliga to‘shalgan matraslarda yotgani aks etgan tasvirlarni Ozodlikka jo‘natgan edi.

Andijon viloyat, Marhamat tuman Tug‘ruq kompleksida ko‘zi yorigan ayollardan Ozodlikka kelgan suratda bir necha ayol chaqalog‘i bilan yangi ta’mirdan chiqqan xonaning poliga to‘shalgan matraslarda yotganini ko‘rish mumkin.
Andijon viloyat, Marhamat tuman Tug‘ruq kompleksida ko‘zi yorigan ayollardan Ozodlikka kelgan suratda bir necha ayol chaqalog‘i bilan yangi ta’mirdan chiqqan xonaning poliga to‘shalgan matraslarda yotganini ko‘rish mumkin.

Bir chaqaloq nobud bo‘lgan

Surat bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish jarayonida Ozodlik tug‘ruqxonada so‘nggi bir oy ichida kamida bir chaqaloq nobud bo‘lganini aniqladi.

Fazilat Normurodovaning Ozodlikka aytishicha, shu yilning 14 oktabr kuni Koson tumani tug‘ruq kompleksida kelini Gulchiroy Qayumovaning ko‘zi yorigan.

Shu kuni uyiga qaytgan Gulchiroy Qayumovaning chaqalog‘i nobud bo‘lgan.

- Bir kun o‘tib javob berib yuboryapti, bola sog‘lom tug‘ilgan. Bir kundan keyin bolani ahvoli uyda og‘irlashdi. Olib kelsak og‘ir ahvolda bolani tez yordam mashinasiz, kislorodsiz Qarshiga jo‘natishyapti. Bola viloyat kasalxonasi reanimatsiyasida nobud bo‘ldi, - deydi Fazilat Normurodova.

Normurodova kelinini tug‘ruqxonada sharoit yo‘qligi sabab uyiga olib ketishga majbur bo‘lganini ham qo‘shimcha qiladi.

- Chunki u yerda ko‘zi yorigan ayollar polda yotibdi, - deydi Normurodova.

Koson Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi xodimi shifokorlarning qarshiligiga qaramasdan Qayumova chaqaloqqa gepovaks vaksinasini oldirmasdan turib, uni uyga olib ketganini aytdi.

- 16 oktabr kuni bolani BSJ ga emlash uchun olib kelishganida bolani ahvoli og‘ir edi. Tezda uni bolalar shifoxonasiga olib borish kerakligini aytdik. Shundan so‘ng ular bolani o‘zlarining mashinasida viloyat kasalxonasiga olib ketishdi. Reanimatsiya bo‘limida bola hayotgan ko‘z yumgan. Homila ichi infeksiyasi, sepsisdan bola nobud bo‘ldi, - dedi Koson Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi xodimi.

Koson tumani Tibbiyot birlashmasining ismi ochiqlanmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan rahbarlaridan biri bo‘lib o‘tgan voqea ortidan Koson tumani tibbiyot birlashmasining kamida ikki nafar xodimi mas’uliyatsizlik, chaqaloqqa gepovaks vaksinasini olmasdan turib uning uyga olib ketilishiga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatilganini aytdi.

Tug‘uruqxona bosh vrachi muovini eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.

XS
SM
MD
LG