Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:22

Jenisbek Piyazov: "La Scala sahnasida kuylagan ilk o‘zbek bo‘lganimdan faxrlandim"


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist¸ 31 yashar opera qo‘shiqchisi Jenisbek Piyazov Italiyaning Milan shahridagi dunyoga mashhur La Scala teatri sahnasida kuylagan ilk o‘zbek bo‘ldi.

Jenisbek Piazov Italiyaning Pezaro shahrida oktabrda boshlanib, shu kunlarda davom etayotgan bastakor Rossini (1792 - 1868) festivalida ishtirok etdi va festival g‘olibi sifatida La Scala teatri sahnasida kuylash huquqini qo‘lga kiritdi.

Piyazov La Scala sahnasida kuylash uchun 600 nomzod ichidan tanlab olingan to‘rt xofizdan biri​ bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatda Jenisbek La Scaladagi chiqishini opera muxlislari olqishlar bilan kutib olganini aytdi:

- Opera qo‘shiqchilari uchun sharafli bo‘lgan La Scala sahnasida Juzeppe Verdining “Attila “ operasidagi Attila ariyasini italyan tilida ijro qildim. Bu sahnaga oyoq qo‘yib ariya ijro qilgan ilk o‘zbek bo‘lganimdan faxrlandim. Mening bu chiqishim nafaqat mening balki o‘zbek operasining yutug‘idir.

Женишбек Пиазов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:12 0:00
Бевосита линк


Yosh qo‘shiqchi, shuningdek, Rossini uy-muzeyi balkonidan turib ariyalar ijro etgan ilk o‘zbekistonlik sifatida ham tarixga kirdi.

Bastakor Rossini yashagan uy balkonidan qo‘shiq kuylash huquqi dunyoda e’tirof qilingan opera xofizlariga beriladi. Piazovdan oldin bu balkondan turib afsonaviy opera qo‘shiqchisi italiyalik Nikola Alaimo (Nicola Alaimo) kuylagan edi.

Ozodlik bilan suhbatda Jenisbek Piyazov Rossini festivali doirasida La Scala sahnasida kuylash uchun 600 nomzod ichidan tanlab olingan to‘rt xofizdan biri bo‘lganini quvonch bilan Ozodlikka so‘zlab berdi:

- Mening ovozim - bas. Bas ovoz Italiyada noyob hisoblanar edi. Puchchini¸ Rossini va Verdi operalaridan tarkib topgan yettita ariya ijro qildim. Hakamlar meni shuncha odam ichidan ajratib, La Scalada qo‘shiq aytish huquqini olgan to‘rtlikka qo‘shdi. Bu xuddi tushdagi kabi bo‘ldi. Dunyoga mashxur teatr sahnasida yuzlab muxlislar oldida kuylab, bu tushimmi yo o‘ngimmi deb o‘yladim. Men uchun katta sharaf bu!

Bastakor Rossini musiqa festivali 40 yildan beri Italiyada o‘tkazib kelinadi. Festivaldan maqsad - yangi opera ovozlarini kashf qilib dunyoga tanishtirish.

La Scala (Teatro alla Scala) — Milan shahridagi opera teatridir. 1778 yili qurilgan. La Scala teatri dunyo opera madaniyati markazi hisoblanadi.

Bu teatr sahnasida qo‘shiq ijro etgan Jenisbek Piyazov shu kunlarda Italiya opera akademiyasida tahsil olayotgani va operaning “ona tili” bo‘lgan italyanchani o‘rganayotganini aytdi.

Xalq artisti

Yosh bo‘lishiga qaramasdan Qoraqalpog‘iston xalq artisti¸ "Nihol" mukofoti va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonlarini olishga ulgurgan Piyazov Fransiya¸ Ispaniya¸ Malayziya va Portugaliya kabi mamlakatlarning bosh sahnalarida kuylashga ulgurdi.

Shuningdek, Piyazov Muslim Magomayev nomidagi ikkinchi xalqaro musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Майсаранинг иши операсидан ария
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:54 0:00
Бевосита линк


Markaziy Osiyoda sahnaga qo‘yilgan ilk opera -“Maysaraning ishi” asaridagi Xoji Darg‘a ariyasini ijro qilgan Piyazov O‘zbekistonda bir muddat tanazzulga yuz tutgan opera san’atining yana rivojlanishiga umid bildirdi.

XS
SM
MD
LG