Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:17

Peterburgdagi masjiddan chiqqan muhojirlar politsiya qurshoviga tushdi (VIDEO)


Sennoy bozoridagi "tozalash" amaliyoti, 15.11.2019 y.

Sankt-Peterburgning Sennoy bozorida o‘tgan juma kuni o‘tkazilgan politsiya reydiga oid videoyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Peterburg politsiyasi asosan o‘zbek va tojik muhojirlari - yuzlab kishini masjid ichkarisiga qamab olganini “nolegallarni aniqlashga qaratilgan navbatdagi profilaktika reydi” deb atadi.

Ozodlikka taqdim etilgan videolarda xorijliklar bilan birga politsiya reydiga rossiyaliklar ham tushib qolganini ko‘rish mumkin.

15 noyabr, juma kuni Peterburgning Senniy bozorini OMON va politsiyaning maxsus kuchlari bosdi.

“Tozalash amaliyoti” shu yerda joylashgan masjidda namoz o‘qib chiqqan asosan o‘zbek va tojik mehnat muhojirlariga nisbatan uyushtirildi, deydi Ozodlikka reyd guvohi bo‘lgan Bek Tohirov:

- Senniy bozoriga soat 12 larda uchta “Ural” mashinasida OMON keldi. Yana 2 avtobus va yengil mashina keldi. Sennoyda chiqaverishdagi 3 ark oldiga turib, o‘tgan-ketganning hujjatini olib tekshirishyapti. U yerda kafelar, skladlar bor, asosan o‘zbek-tojik-ozari ishlaydi. Ular shu yerda namozxona ham qilishgan. Shu kuni 70 tacha odamni olib ketishdi.

Suhbatdoshning aytishicha, Sankt-Peterburg shahar Admiralteyskiy tumanidagi 38-politsiya bo‘limiga keltirilgan barcha muhojir hujjati bor-yo‘qligiga qaramasdan jarimaga tortildi:

- 60-70 tacha odamni olib ketishib, 5 ming rubldan shtraf qilishdi. Puli yo‘qlarni pasportini olib qolibdi – berganidan keyin qaytaradi! Har juma bo‘lyapti bu narsa. Xullas, menimcha byudjetni to‘ldirishyapti bular shu tariqa. Bolalar Sennoy bozorga kirolmay qolgan! Vaholanki, ilgari bir oyda bir kelardi.

Error rendering VK.

Bekning aytishiga ko‘ra, patent narxlari va migratsiya qoidalari keskinlashishi ortidan xususan Peterburgda nolegal holatga o‘tgan migrantlar soni ko‘payib bormoqda. U patent tayyorlash “Moskvadagidek oson emas – 25-30 ming rubl turadi”, deydi. O‘zbekistonlik muhojir nolegal holatga o‘tayotgan migrantlar uchun oylik “legal” qaydga turish 5 ming, qalbakisi - 2,5 ming rubl ekanini ham bildirdi.

Reyd davomida migrantlarning bir qismi qochib qutulgani, qolganlari birma-bir tekshirilgani aytildi. Bu kuni Sennoy bozori ishlamadi.

350 yaqin namozdan chiqqan muhojir qurshovga olindi
350 yaqin namozdan chiqqan muhojir qurshovga olindi

Mahalliy matbuot politsiya reydlarining kuchayishiga “Apraksin dvor” bozoridagi muhojirlarning ommaviy mushtlashuvi va pichoqlashuvi sabab bo‘layotganini iddao qilib chiqdi.

Sankt-Peterburg politsiyasi Ozodlik so‘roviga shimoliy poytaxt va Leningrad viloyatida olib borilgan amaliyotlar “jinoyatlar profilaktikasi” uchun bajarilgani va “migratsiya qonunchiligini buzganlarni aniqlashga” qaratilganini aytishdi.

- Tekshiruv xorij grajdanlari ko‘p uchraydigan joylarda, jumladan metroda va tashkilotlarda olib borildi. 350 dan ziyod odam tekshiruvdan o‘tdi. Reyd natijasiga ko‘ra, 54 xorijlik ma’muriy javobgarlikka tortildi, yana bir migrantga Rossiyada noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani uchun ma’muriy jazo qo‘llanildi, dedi Sankt-Peterburg politsiyasi navbatchisi.

Ichki ishlar boshqarmasi “tozalash” amaliyotlari Sofiyskiy, Kalininskiy oziq-ovqat saqlash bazalarida va “Apraksin dvor” bozorlarida amalga oshirilganini tasdiqladi.

Politsiya reydlar natijasida bir necha kishi deportatsiya qilinishini ma’lum qildi.

Feysbuk sahifalaridan birida o‘sha kuni Sennoy maydonidagi politsiya reydi tasvirga olingan videoyozuvlar paydo bo‘ldi.

Unda yuzlab odamlar o‘ralgan hududda ushlab turilgani va politsiya xodimlarining birma-bir tekshiruvidan o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Videoda Toqati tog‘ bo‘lgan migrantlar zo‘ravonlik qilayotgan politsiya xodimlariga norozilik bildirib, hushtakbozlikka olayotgani tasvirlangan.

Videoni ko‘rgan huquq faoli, migrantlar himoyachisi Valentina Chupik politsiya xodimlari bu harakatlari bilan Rossiyaning qator qonunchilik moddalarini buzganini e’tirof etdi.

Politsiya, birinchidan, o‘z vakolatini suiiste’mol qilish va zo‘ravonlik ishlatish bilan qo‘rqitish (RF JK 330- moddasi 2- qismi); ikkinchidan, vakolat doirasidan chiqish RF JK 286- moddasi 2- qismi, 3- bandi); uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qilish (RF JK 169- moddasi 1- qismi); to‘rtinchidan, ozodlikdan noqonuniy ravishda mahrum qilish (RF JK 127- moddasi 2- qismi); beshinchidan, diskriminatsiya; oltinchidan, jamoatchilik joyida haqorat qilish va boshqa qator moddalar asosida Rossiya qonunlarini buzgan, deb yozdi himoyachi.

Valentina Chupik muhojirlar o‘z nomidan bu bedodlik uctidan ariza yozib, shikoyat qilmaguncha, noqonuniy reydlar davom etaverishini bashorat qildi.

XS
SM
MD
LG