Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:18

Gruzin namoyishchilari parlament yaqinidagi politsiya bilan to‘qnashuvdan so‘ng sudga tortilmoqda


Politsiya namoyishchilarga qarata suv sepgani uchun ular katta to‘dalarga birlashdi. Suv sepish ish bermadi va qorong‘i tushishi bilan namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. 2019, 18 noyabr
Politsiya namoyishchilarga qarata suv sepgani uchun ular katta to‘dalarga birlashdi. Suv sepish ish bermadi va qorong‘i tushishi bilan namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. 2019, 18 noyabr

Tbilisi sudi Gruziya parlamenti oldida norozilik namoyishi vaqtida hibsga olingan 37 kishini politsiyaga bo‘ysunmaganlik va bezorilik ayblovi bilan sud qiladi. Bu haqda ularning advokati Georgi Oniani xabar qildi.

Ichki ishlar vazirligining bir kun oldingi bayonotida aytilishicha, parlamentga barcha kirish joylari “sun’iy to‘siqlar”dan tozalandi.

“Qonun chiqaruvchi hokimiyat hech bir to‘siqsiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Tartibsizliklar yuzlab namoyishchilar parlament yaqinidagi to‘rtta joyga yig‘ilib turganida o‘sha yerga politsiya maxsus bo‘linmasi borganida, “Yashasin Gruziya!” deb baqiriqlar bilan boshlanib ketdi.

Politsiya namoyishchilarga qarata suv sepgani uchun ular katta to‘dalarga birlashdi. Suv sepish ish bermadi va qorong‘i tushishi bilan namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketdi.

IIV qo‘shimcha qilishicha, tozalash amaliyoti vaqtida 6 kishi, jumladan, ikki nafar politsiya zobiti yaralandi. Vazirlik o‘sha kuni ertaroq bergan bayonotida namoyish “qonun doirasidan chiqib ketgani”ni aytgan edi.

G‘arb diplomatlari namoyish zo‘ravonlikka aylanib ketishi mumkinligidan xavotir izhor qildi.

17 noyabrda Tbilisida 20 000 kishi namoyishga chiqqach, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Gruziya hukumati, siyosiy partiyalari va fuqarolik jamiyatini navbatdan tashqari saylov bo‘yicha “tinch va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot” qilishga chaqirdi.

Tbilisida iyun va iyul oylarida bir necha hafta mobaynida namoyishga chiqqan minglab qishilarning talabi 2020 yildan boshlab saylovda aralash ovoz berish tizimini proportsional ovoz berishga o‘zgartirish bo‘lgan edi.

Hozirgi kunda Gruziya parlamenti deputatlarining yarmi proporsional ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Muxolif partiyalar amaldagi saylov tizimi adolatsiz ekani va bu hokimiyatdagi “Gruziya orzusi” partiyasiga qo‘l kelishini aytmoqda.

“Gruziya orzusi” partiyasi, jumladan, uning milliarder asoschisi va yetakchisi Bidzina Ivanishvili jadallashtirilgan islohotni qo‘llab chiqqan edi, ammo taklif etilgan qonun loyihasi baribir qabul qilinmadi.

Bu ayrim qonun chiqaruvchilar, xususan, spiker o‘rinbosari Tamar Xangoshvilining partiyadan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi.

Shunga qaramasdan, Tbilisi meri, “Gruziya orzusi” partiyasi bosh kotibi Kaxa Kaladze saylovchilar bir oz kutib turishi va fikrini ovoz berish qutisi yonida bildirishi kerakligini aytdi.

YIning Gruziyadagi delegatsiyasi va AQSh elchixonasi 17 noyabrdagi qo‘shma bayonotida “Gruziya jamiyati keng qatlamlarining parlament konstitutsion tuzatishlarni qabul qila olmayotgani sababli hafsalasi pir bo‘lganini e’tirof etayotgani”ni bildirdi.

Ushbu masala yuzasidan ovoz berilishi Yevropa kengashi Parlament assambleyasining (PASE) ham tanqidiga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG