Линклар

Шошилинч хабар
04 апрел 2020, Тошкент вақти: 11:02

IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni qamoqqa olindi


IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan

O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Telegram kanalida xabar qildi.

Bosh prokuratura bayonotida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor D.Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.

2019 yil 23 noyabr kuni D.Pan JKning 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismiga - boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa - uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deb ta’rif berilgan.

Bosh prokuratura xabriga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ozodlik 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari¸ IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i va Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni – jami o‘nga yaqin yuqori lavozimli amaldor ishdan olingani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG