Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:30

Bosh prokuratura: Ortiqxo‘jayevning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, lekin u odob me’yorlarini buzgan


Bosh prokuratura 27 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Kun.uz” jurnalistlariga qilgan tahdidida “jinoyat alomatlari mavjud emas”, deb bayonot berdi.

Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayev 16 noyabr kuni jurnalistlarni geyga chiqarish va sazoyi qilishi bilan tahdid qilganiga oid audioyozuvni o‘rgana boshlagan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqab ketgan va keng muhokamaga sabab bo‘lgan o‘sha yozuvda poytaxt hokimi jurnalistlarga qarata:

"Oni kto voobshche? (O‘zi ular kim?) Oni tvari poslednie! (Ular eng past mahluqlar!) Onaning bolasimi bular yo itning bolasimi?! Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga! (qashshoq)".

"Ya za shest sekund vas posaju v odno taksi s geem, i vsyo! (Men olti sekundda sizlarni gey bilan bitta taksiga o‘tqazaman va tamom!) Fotografiruyut i vas ob’yavlyayut geem (Sizni foto olib, gey deb e’lon qilishadi)".

"Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi meni o‘zimning ham xarakterim bor. Ya mogu eto delat. Shest sekund mogu sdelat. Organizovat mogu. Ili somnevaeshsya? Tushuntiroldimmi?" – deb aytgani ayon bo‘lgan edi.

Bosh prokuratura 27 noyabrda e’lon qilgan bildiruvda: “Mazkur holat ommaviy axborot vositalari, blogerlar, siyosiy partiyalar, eng achinarlisi, ayrim xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlarning keskin tanqidiy muhokamalariga sabab bo‘ldi”, deb ma’lum qildi.

Bayonotda Bosh prokuratura huquqiy baho berish maqsadida JPKning 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgani ham ta’kidlanadi.

“Aniqlanishicha, joriy yilning 14 avgust kuni “Kun.uz” tahririyatiga “Xiva stroy” MChJ rahbarining bajarilgan qurilish ishlari uchun buyurtmachidan pul undirishga oid murojaatini o‘rganish maqsadida mazkur tahririyat muxbiri R.Isroilov va operatori Sh.Egamberdiyevlar Olmazor tuman hokimligiga borishgan.

Tuman hokimi o‘rinbosari A.Vaxabov davlat xizmatchisi bo‘la turib, tegishli odob-axloq qoidalariga zid ravishda R.Isroilovga tushuntirish berishdan bosh tortgan, ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan hamda operatorning videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur voqeaning ertasiga “Kun.uz” tahririyati ushbu videolavhani o‘z saytida e’lon qilgan va bu keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Shu kuni kechqurun Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayevning vaziyatni yumshatish va murosaga kelish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari L.Sabirova, tuman hokimi o‘rinbosari A.Vaxabovlar tahririyat vakillari B.Axmedov, R.Isroilov va Sh.Egamberdiyevlar bilan shahar hokimligi binosida uchrashishgan.

Unda A.Vaxabov nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘yganligini tan olgan va tahririyat xodimlaridan uzr so‘ragan. Biroq, bu holat tahririyat xodimlarini qoniqtirmagan.

Uchrashuv yakun topgach, muloqot ishtirokchilari binoning yo‘lagida J.Artikxodjayevga tasodifan duch kelishadi. L.Sabirova J.Artikxodjayevga bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ma’lumot berib, “Kun.uz” xodimlari A.Vaxabovning uzridan qanoatlanmaganligini bayon qilgan.

Shunda J.Artikxodjayev ular bilan muloqotda muomala madaniyatidan chetga chiqqan holda, internet nashrlariga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini ifodalab, go‘yoki ularni sharmandali vaziyatlarga tushirish imkoniyatiga egaligini, lekin u bunday tarbiyalanmaganligi va buni xohlamasligini bildirgan.

Ushbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Axmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda, uchrashuv ishtirokchilarini ogohlantirmasdan telefoniga xufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.

O‘z navbatida, tahririyat tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olingan axborot yo‘q qilinmagan. Oqibatda 2019 yil 16 noyabrda hokim J.Artikxodjayevni obro‘sizlantirish maqsadida audioyozuvning nojo‘ya so‘zlardan iborat bir yarim daqiqalik qismi (uchrashuv ikki soat davom etgan) montaj qilinib, noma’lum shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Bu holat o‘z navbatida ommaviy axborot vositalarida keng muhokama bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

“Kun.uz” tahririyati o‘z aybini anglagan holda, haqiqiy holatni ma’lum qilish uchun audioyozuvning J.Artikxodjayevga tegishli qismini to‘liq e’lon qilgan.

Tergovoldi tekshiruvida aniqlanishicha, J.Artikxodjayev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatgan.

Biroq, uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois, J.Artikxodjayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.

Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, “Kun.uz” tahririyati xodimlari J.Artikxodjayevga nisbatan da’vo yoki e’tirozlari yo‘qligini bayon qilishdi.

Lekin J.Artikxodjayev Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

XS
SM
MD
LG