Линклар

Шошилинч хабар
25 феврал 2020, Тошкент вақти: 12:01

AQShdagi "O‘zbeklar jamiyati" aviahalokat qurboni bo‘lgan oilani Vataniga yuborish uchun pul yig‘a boshladi


Otabek Obloqulov o‘zining shaxsiy uchog‘i bilan AQShning Xyuston shahrida. Surat marhumning Facebook sahifasidan olindi.

Kanadaning Ontario provinsiyasida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan bir oilaning yetti a’zosi aviahalokat qurboni bo‘lgani haqidagi xabar AQSh va Kanadada yashovchi o‘zbekistonliklarni junbushga keltirdi.

Kanadada yashovchi o‘zbekistonlik jurnalist, "Chet elda yashash: America" kitobining muallifi, Torontodagi "Porter" hususiy aviashirkati xodimi Baxtiyor Shohnazar 29 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda Obloqulov bilan shu yil mart oyida Chikagodagi Navro‘z bayramida tanishganini aytdi:

"Otabek bilan o‘tgan mart oyida Chikagoda o‘tkazilgan Navro‘z bayramida tanishib, gaplashgandik. Men unga o‘g‘lim uchuvchiligini aytsam, "mening ham uchog‘im bor, Hyustondan o‘zim uchib keldim" degandi. Rahmatlik judayam saxovatli kishi ekanligini eshitgandim".

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:21 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda AQShdagi "O‘zbeklar jamiyati" aviahalokat qurboni bo‘lgan o‘zbek oilasi jasadlarini vataniga yuborish uchun pul yig‘ishni boshladi.

Chikago shahridagi "O‘zbeklar jamiyati" prezidenti Olim Sharipovning Ozodlikka aytishicha, Samarqandning Jomboy tumanidan bo‘lgan Otabek Obloqulov AQShga 2000-chi yillar boshida kelgan, boshida taksichilik qilgan, so‘nggi yillarda uy-joylarni ta’mirlash bilan shug‘ullanadigan shirkat ochib, muvaffaqiyatli tadbirkorga aylangan:

- Jamiyatimizning faol a’zosi edi. Men uni 2002 yildan beri bilaman. Grin-karta olib AQShga kelgan. Ishni taksichilikdan boshlab,muvaffaqiyatli tadbirkorga aylangan, uy-joy biznesi, qurilish bilan shug‘ullangan. Shu yil Navro‘zda Chikagoga oilasi bilan o‘zining shaxsiy uchog‘ida uchib kelganidan hammamiz hursand bo‘lgandik.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ham aviahalokat qurboni bo‘lgan o‘zbek oilasi yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

Kanada matbuoti xabarlariga ko‘ra, AQSh janubidagi Xyuston shahrida yashagan o‘zbekistonlik Otabek Obloqulov o‘zining shu yil boshida sotib olgan 6 yo‘lovchiga mo‘ljallangan “Piper PA-32R” yengil motorli uchog‘ida rafiqasi, uch farzandi hamda Kanadada yashaydigan ikki qarindoshi - qaynisi va uning turmush o‘rtog‘i bilan 27 noyabr kuni Torontodan Kingston shahriga dam olish uchun uchib ketayotganda halokatga uchragan.

Otabek Obloqulovning o‘zi hamda u boshqargan samolyot bortida bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lishgan.

Kanada matbuoti xabarlariga ko‘ra, samolyot halokatiga yomon ob-havo sabab bo‘lgan, degan taxmindan tashqari uchoq yonilg‘isiga suv aralashib qolgan bo‘lishi mumkin, degan farazlar ham o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG