Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:05

Janubiy Koreya 60 ta Issiqlik elektr stansiyasidan 15 tasini vaqtincha to‘xtatmoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Janubiy Koreyada keyingi uch oy davomida ko‘mir bilan ishlaydigan issiqliq elektr stansiyalarining 25 foizi ishi vaqtincha to‘xtatiladi. Qish oylarida elektr energiyasi talab yuqori bo‘lsa-da, havo ifloslangani uchun shunday chora ko‘rishga qaror qilingan.

Janubiy Koreya iqtisodi jahonda 11-o‘rindagi yirik iqtisod bo‘lib, keyingi yillarda mamlakatda havo keskin ifloslanganiga oid xavotirlar urchimoqda.

Mamlakatda havo ifloslanishi “ijtimoiy halokat” o‘laroq ko‘riladi. Janubiy koreyaliklar orasida ko‘pchilik mamlakatdagi iflos havo manbasi Xitoy ekanligiga ishonadi. Janubiy Koreyaga yaqin joylashgan Xitoy havoni ifloslantiruvchi dunyodagi eng yirik davlatdir.

Janubiy Koreya tabiiy boylik va resurslarga boy bo‘lmasa-da, mamlakatda 60 ta ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyasi bor. Bu stansiyalar mamlakatdagi yalpi elektr energiyasining 40 foizini ishlab chiqaradi.

Janubiy Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi fevral oxirigacha 8-15 stansiya faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Qolgan elektr stansiyalar esa ayni muddat davomida 80 foiz quvvatda ishlaydi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, bu choralar mayda chang zarrachalari ko‘lamini 44 foizgacha ozaytiradi.

Qish oylarida elektr energiyasiga talab yuqori bo‘ladi. Xususan, yanvarning to‘rtinchi haftasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab maksimal darajaga yetish kutilmoqda.

Bunday paytlarda do‘konlar eshiklarini ochiq saqlash man etiladi. Qoidaga amal qilmaganlarga 2500 dollargacha jarima solinadi.

XS
SM
MD
LG