Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2020, Тошкент вақти: 12:53

Qamchiq dovonida avtomobil harakati to‘xtatildi


Qamchiq dovoni, 21 dekabr, 2019 yil.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Qamchiq dovoni 21 dekabrdan boshlab vaqtincha yopildi.

Bunga tog‘larga qalin qor tushgani va ko‘chki xavfi borligi sabab bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati Gidrometeoroligiya xizmati markazi ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Qamchiq dovoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Qamchiq dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan, deyiladi xabarda.

Qamchiq dovoni, 21 dekabr, 2019 yil.
Qamchiq dovoni, 21 dekabr, 2019 yil.

Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Feysbukdagi sahifasida Qamchiq dovonida avtomobillar tirbandligi vujudga kelganligi haqida yozdi.

"Dovondamiz! Qooor, bo‘roooon!!! Minus 5 daraja! Odamlarning yuragiga qoyil! Ayniqsa, mana bu ukamizning! Mashina sirpanmasin deya kapot ustiga yotvolgan! Olloh barchamizni xayrli manzillarimizga yetkazsin!"

Muallif olgan suratda avtomobil sirg‘anib ketmasligiga yordam berish maqsadida bir yo‘lovchining kapotga yotib olgani aks etgan.

Qamchiq dovoni, 21 dekabr, 2019 yil.
Qamchiq dovoni, 21 dekabr, 2019 yil.

Qamchiq dovoni O‘zbekiston viloyatlarini Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari bilan bog‘lovchi yagona avtomobil arteriyasi hisoblanadi.

Sobiq ittifoq davrida vodiy viloyatlariga avtomobil qatnovi Tojikistonning hozirgi So‘g‘d, o‘sha paytdagi Leninobod viloyati orqali bo‘lgan.

O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning Tojikiston rahbariyati bilan aloqalari yomonlashgandan so‘ng chegaralar yopilgan, Qamchiq dovoni orqali avtomobil yo‘li qurilgan edi.

Ayni paytda Qamchiq dovonidan tunnel qazilib, yo‘lovchi poezd qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG