Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2020, Тошкент вақти: 13:07

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ketayotgan avtobus avtohalokatga uchradi (VIDEO)


Qariyb 50 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ketayotgan avtobus 21 dekabr kuni Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Chernishkovskiy tumanida avtohalokatga uchradi.

Voqea Volgograd-Kamensk-Shaxtinsk avtomagistralining 188-kilometrida sodir bo‘ldi.

Muhojirlar ketayotgan Mersedes-Benz avtobusi KamAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Chernishkovskiy tumani ma’muriyati saytining yozishicha, avtohalokat oqibatida uch nafar qozog‘istonlik haydovchi o‘rta darajadagi jarohat olib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari

Avtobusda bo‘lgan qariyb 50 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri "Jismoniy tarbiya va ommaviy sport" majmuasiga vaqtincha joylashtirilgan. Ularning jarohat olgani haqida ma’lumot yo‘q.

Jabrlanganlar bilan psixologlar ishlayotgani aytiladi.

Migratsiya xizmati xodimlari, ayni paytda, o‘zbekistonliklarning hujjatlarini ham tekshirmoqda.

Rossiya va Qozog‘iston yo‘llarida o‘zbekistonlik muhojirlar mingan avtobuslarning buzilib qolishi, avtohalokatlarga uchrashi tez-tez sodir bo‘lib turadi.

2019 yil 14 dekabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 54 kishi, jumladan 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli buzilib qolgan edi.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 20 noyabrda buzilib qolgan avtobusda bo‘lgan O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosi tezkor ravishda issiq joyga evakuatsiya qilingan edi.

2018 yilning 18 yanvar kuni “Samara-Chimkent” avtoyo‘lining Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi tiriklayin yonib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG