Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2020, Тошкент вақти: 21:51

Taniqli o‘zbek rassomi G‘afur Abdurahmonov olamdan o‘tdi


Rassom G‘afur Abdurahmonov

Taniqli o‘zbek rassomi G‘afur Abdurahmonov 21 dekabr kuni 83 yoshida Toshkentda olamdan o‘tdi. Rassom 22 dekabr kuni o‘zi tug‘ilgan Toshkent viloyatidagi Keles shahrida dafn qilindi.

Abdurahmonov Sovet rahbari Stalin o‘limidan keyin mamlakatdagi yumshash davrida yuzaga chiqqan «shestidesyatniki» ya’ni oltmishinchi yillardagi avangard yo‘nalishda ijod qilgan edi.

Abdurahmonovning janozasida qatnashgan rassom Vyacheslav Oxunovning Ozodlikka aytishicha¸ "G‘afur aka o‘zbek tasviriy san’ati rivojiga pedagog sifatida eng ko‘p hissa qo‘shgan va o‘z sokin ovoziga ega ulug‘ san’atkor" bo‘lgan.

Rassom asarlarida oddiy qishloq manzaralari ortiqcha pafos va hissiyotdan xoli tarzda aks etadi.

Rassom Gafur Abduraxmonovning "Yaylovda" degan asari
Rassom Gafur Abduraxmonovning "Yaylovda" degan asari

Abdurahmonovning 1971 yil chizgan va shu kunda O‘zbekiston davlat muzeyida saqlanayotgan «Oila» kompozitsiyasi rassomning tashrif qog‘ozi sifatida ko‘riladi.

Rassomning "O‘zbekiston manzaralari" turkumi 1978 yilda Belgiyaning Bryussel shahrida o‘tgan ko‘rgazmada namoyish qilinib, Belgiya badiiy akademiyasi oltin medali bilan taqdirlangan.

1972 yilda Abdurahmonov qo‘lida taxsil ko‘rganini aytgan xozir AQShda istiqomat qiladigan taniqli rassom Omon Azizov Ozodlik bilan suhbatda¸ o‘zbek tasviriy san’ati og‘ir judolikka uchraganligini ta’kidladi.

Rassom yaratgan Alisher Navoiy, Xusayn Boyqaro, Nizomiy Ganjaviy, Bobur, Muqimiy, Oybek, va G‘afur G‘ulom portretlari o‘zbek muzeylaridan o‘rin olgan.

2005 yili O‘zbekistonda chiqarilgan pochta markalaridan Abdurahmonovning "Samarqandda navro‘z" nomli turkum asarlari joy olgan.

Abdurahmonov Behzod nomidagi (Oldinroq Ostrovskiy nomidagi) Teatr va rassomchilik institutida uzoq vaqt dars berib O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi o‘nlab rassomlarning ustozi bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG