Линклар

Шошилинч хабар
04 апрел 2020, Тошкент вақти: 17:54

Jizzaxdagi tug‘ruqxonada ishlovchi 29 yashar ona va uning homilasi nobud bo‘ldi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda shu yilning o‘zida onalar o‘limi bilan bog‘liq 59 ta, bolalar o‘limi bilan bog‘liq esa, 2.706ta holat qayd etilgan.

Jizzax viloyati Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida 21 dekabr kuni 29 yashar homilador ayol olamdan o‘tdi. Uning qornidagi yetti oylik homilasi ham nobud bo‘ldi.

Zarbdor tumanining Sutbuloq qishlog‘idan bo‘lgan marhumning yaqinlari fojiada tuman va viloyat tug‘ruqxonasi vrachlarini ayblamoqda.

Jizzax viloyat Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi xodimi shifokorlarning "astoydil harakatlari"ga qaramasdan onaning ham, uning qornidagi bolaning ham hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmaganini aytdi.

Zarbdor tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sabohat Karimovaga ko‘ra, vafot etgan ayol bir uyda uchta oila bilan birga yashab kelgan, kam ta’minlangan, yordamga muxtojlar ro‘yxatida bo‘lgan.​

Ikkinchi farzandiga homilador 29 yoshli Nigora Jo‘rayeva Jizzax Tibbiyot birlashmasida kir yuvuvchi bo‘lib ishlagan.

Yaqinlarining Ozodlikka aytishicha, u 21 dekabr kuni ish payti jinsiy yo‘llaridan qon ketishi oqibatida hushidan ketib qolgan va shu kasalxonaning tug‘ruq kompleksiga yotqizilgan.

- Tuman tug‘ruq kompleksida jarrohlik bo‘limi bo‘la turib Nigorani og‘ir ahvolda viloyat kasalxonasiga jo‘natishdi. Yo‘lda ko‘p qon yo‘qotib, o‘zi ham, qornidagi bolasi ham nobud bo‘ldi. Tuman kasalxonasidagilar tez tibbiy yordam ko‘rsata olmasa nimaga ishlab o‘tirishibdi, nimaga oylik olishyapti?! - dedi marhumning ismi ochiqlanmasiligini istagan qarindoshi.

Jizzax viloyat Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi xodimi shifokorlarning "astoydil harakatlari"ga qaramasdan onaning ham uning qornidagi bolaning ham hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmaganini aytdi.

Zarbdor tumani Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi boshlig‘i Zamira Alimovaning Ozodlikka aytishicha, u o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgani uchun bemorni viloyatga jo‘natishga majbur bo‘lgan.

- Ayb o‘zidan o‘tgan. Bizda u prachka bo‘lib ishlardi. Ertalab ishga kelganida qon ketgan, lekin tushunmagan, qon ketib turavergan. Keyin sheriklari qo‘ltig‘idan olib kelganidan keyin olib bordik. O‘zim olib bordim viloyatga. Viloyatdagilar ham sehrgarmas-da, ikki litr qon yo‘qotgan, shuni dastidan hayotdan ko‘z yumdi, - dedi Zamira Alimova.

Marhumning yaqinlari ona va bola o‘limida tug‘ruqxona vrachlarini ayblamoqda.

Ozodlik bilan suhbatlashgan marhumaning qarindoshi "vrachlarning beparvoligi bois", ona-bola nobud bo‘ldi, deb da’vo qildi:

- Anchadan beri qornida og‘riqdan shikoyat qilar edi. O‘zi kasalxonada ishlaydi, vrachlar e’tibor bermadi. Kambag‘al deb, vrachlar qaramagan. Ikki yoshli bolachasi ham bor, yetim qoldi.

Zarbdor tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari bu iddaoni rad qilishmoqda.

Zarbdor tuman hokimi muovini, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sabohat Karimova kasalxonada vafot etgan Nigora Jo‘rayevaning oilasi kam ta’minlangan, yordamga muxtoj oilalar ro‘yxatida bo‘lganini aytdi:

- Bitta uyda uchta-to‘rtta oila bilan qiynalib yashayotgani uchun biz bu ayolga uy berayotgandik. Yanvarda uyning kalitini olishi kerak edi. Erini ham uyni qarzini to‘lab bilishi uchun tekstil fabrikasiga ishga joylagandik. Sharoitini o‘rganib haqiqatan kam ta’minlangan oila ekanini aniqlagandik-da. Patronaj hamshiralar bilan gaplashib homiladorlik davrida ham biz bu ayolni nazoratimizga olgandik, afsus hayotdan ko‘z yumdi, - dedi Sabohat Karimova.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda shu yilning o‘zida onalar o‘limi bilan bog‘liq 59 ta, bolalar o‘limi bilan bog‘liq esa, 2.706ta holat qayd etilgan.

"Save The Children" tashkiloti hisobotida O‘zbekistonda har ming bolaning beshtasi tug‘ilganidan sal o‘tmay olamdan o‘tishi aytiladi.

Dunyoga kelganidan so‘nggi 30 kun mobaynida ro‘y beradigan bolalar o‘limi hollari esa O‘zbekistonda har ming bolaga 15tani tashkil etadi.

Dunyo bo‘yicha esa har yili 1 milliondan oshiq bola tug‘ilishi bilan o‘ladi.

XS
SM
MD
LG