Линклар

Шошилинч хабар
24 феврал 2020, Тошкент вақти: 17:42

OzodTarmoq: Biz bo‘lmasak, kim?..


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger va jurnalist Sergey Yejkovning uzmetronom.com saytida 31 dekabrda e’lon qilgan blogi tarjimasini e’tiboringizga havola qilamiz. Matn o‘zgartirishlarsiz va tahrirsiz tarjima qilingan.

***

Bir necha soatlardan so‘ng yangi 2020 yil kirib keladi. O‘tayotgan yil nimasi bilan esda qoldi? Aholidan noqonuniy yo‘l bilan ko‘chmas mulkni tortib olish, narx-navoning, tariflarning, yashirin iqtisodiyotning, davlat qarzining, ishlab topilgan pulni qadrsizlantirgan inflyatsiyaning o‘sishi bilan. Ishlab chiqarish haligacha tashqi bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishga qodir emas. Shveysariyaga oltin sotayapmiz. Islohotlar qiyinchilik bilan amalga oshirilayapti, lekin hech kim oson bo‘ladi deb va’da ham bermagan edi.

Mana shu fonda saylanganlar, qaerdan olinganini tushuntirib bermagan holda, o‘zlarining fantastik darajadagi boyliklarini namoyish qilishdi, deputatlik dahlsizligiga ega bo‘lgan yuqori lavozimli nufuzlilar o‘zlariga halaqit bergan odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida ochiq-oshkora gapirishdi. Yaqindagina vatandan xavfsiz darajada uzoqroq masofada yashovchi “maslokradlar” va “majorlar” yashirinishdan qo‘rqmay qoldilar.

Trendda – olimlar va faylasuflar emas, balki sayohatchi arab shayxlari va boy grajdanlarning avtomobillarini testdan o‘tkazayotgan olifta bolakaylar. To‘qsoninchi yillarning renessansi. Muqarrar, ammo asabiylashtiruvchi jarayon.

Buni odamlar ko‘rayaptimi? Ko‘rishayapti, ko‘r emaslar. Ammo mamlakatda bo‘layotgan jarayonlarni virtual maydonda yoki oshxonada, avval ehtiyotkorlik yuzasidan fortochkani yopib olib keyin ayovsiz muhokama qilishni ma’qul ko‘rmoqdalar. Bu xavfsizroq va odat.

Biroq hamma ham emas. Umidsizlik vaziyatiga tushirilganlar yo‘llarni to‘sdilar, pokrishkalarga va mahalliy boshliqlarga o‘t qo‘ydilar. Ammo hukumat, bu juda muhim, norozilarni avtomatdan otib o‘ldirmadi, balki ular bilan muzokaralar olib bordi hamda norozilik sabablarini bartaraf etishga urindi. Va bu xalq hamda xalq mamlakatni boshqarishni ishonib topshirib qo‘yganlar o‘rtasida mutloq boshqacha prinsiplarga asoslangan, sivilizatsiyalashgan munosabatlar shakllanayotganining belgisidir.

O‘tayotgan yilning asosiy yutug‘i shundaki, O‘zbekiston “qo‘rqitilmagan telbalar” yurti va Markaziy Osiyo tomorqasidagi eski balchiq bo‘lishdan to‘xtadi. O‘zbekiston xalqi ham o‘zgardi. Bir ozgina bo‘lsa-da, o‘zgardi. Parlament sayloviga kelmagan saylovchilarning uchdan bir qismi va hokimiyatning vakolatli quyi organlari jamiyatdagi kayfiyatning jiddiy ko‘rsatkichidir. Jurat’sizlik, ko‘pincha duduqlanib bo‘lsa hamki, xalq endilikda hokimiyat manbasi sifatida o‘ziga va o‘z manfaatlariga hurmat talab qilmoqda. Jur’atsizlikdan tez vaqt ichida qutilib bo‘lmaydi.

Hokimiyat esa bu talablarga tezkor va adekvat ravishda munosabat bildirishga majbur. Hozircha kamroq, ayrim holatlargagina bo‘lsa ham munosabat bildirilayapti. Har holda muloqot o‘rnatilayapti. Bu yutuqmi? Albatta. Ta’kidlamoqchimanki, bizning yutug‘imiz hokimiyat emas. Hokimiyat bizning erkinlik huquqimizni e’lon qilgan va biz bu huquqdan so‘zsiz foydalanishimiz shart. Bu huquqdan maksimal darajada foydalanishimiz lozim, agar munosib yashashni istasak.

Kirib kelayotgan Yangi yil bilan, vatandoshlar! Sizga va oilangizga farovonlik hamda sihat-salomatlik! Mamlakatimizga farovonlik! Hammasi yaxshi bo‘ladi. Qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz.

XS
SM
MD
LG