Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

Yana uyat audio: Ovoz egasi Mingbuloq hokimi ekanligi aytilmoqda


Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev
Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev

Namangan viloyat, Mingbuloq hokimi Nurshod Xudoyberdiyevning ovozi deb iddao qilinayotgan audio ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Hokim deb aytilayotgan shaxs, audioda fermerlarni “k...tiga itar...ni, aytib, “hammangni s...man”, deydi.

Bu audio ijtimoiy tarmoqda tarqalgach, viloyat hokimligi ovoz egasi hokim ekanligi o‘rganilayotgani, tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan qonuniy jazo ko‘rilishi haqida bayonot berdi.

Tuman hokimi yordamchisi Nurshod Xudoyberdiyev bilan maslahatlashib, keyin munosabat bildirishini Ozodlikka aytdi.

Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyevning fermerlarni shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilinayotgani yozilgan audioni, bloger Shuhrat Musayev o‘zining Feysbukdagi sahifasiga joylagan.

Audio to‘rt yarim minut davom etadi.

Ozodlik suhbatlashgan, ismi sir qolishini so‘ragan fermer, bu audio noyabr oyining oxirida hokim ochiq havoda o‘tkazgan majlisdan yozib olinganini aytdi:

“Men ham bor edim bu majlisda. Mingbuloq tumanining Gulbog‘ qishlog‘ida bo‘lgan. Yig‘im-terim tugagandan keyin kultivatsiya va boshqa texnikalar MTPga yig‘iladi. Fermerlarning ko‘pi bu ishni qilib ulgurmagan edi. Shuning uchun hokim fermerlarni yomon haqorat qildi. Hokimning og‘zi nihoyatda shaloq. Hamma majlislarda ham shaxsiyatni tahqirlaydi”

Audio hokim deb aytilayotgan shaxsning klasterga bergan salbiy bahosidan boshlanadi:

“Klasteram qo‘lidan kelsa qilsinda, bo‘lmasa yo‘qolib ketmaydimi”.

Shundan so‘ng, hokim deb aytilayotgan shaxs texnikasini MTPga olib borib qo‘ymagan shaxsni uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi:

Ey suka, haromdan bo‘lgan iflos, b...d!


“Men ham muovinimga aytovdum, qildirmabdi-da, bl...d. Ey a...ngni chiqaraman pid...z, bugun bormasin o‘zing borasan. Q...q, bajarganing yo‘q, p...z! Ey suka, haromdan bo‘lgan iflos, b...d! Nima qilsang qilaver, nax...y, bl...d! Suka, bl...d, ay, ko‘...ni itar...nimga Xudoga shukr deb, texnikangni olib borib qo‘ymaysanmi, bl...d! Basharangga x...yam, seni bl...d!”

“Pid..zni bl...d, bitta-ikkitasiga gapiga topshirmasa ham tegmayovdim, bajarmasa ham, k...tni bl...d! Telefon qiladiganlaringga xo...m, na x...y, bl...d! Si...man!”

K...tingga it...man, shu bugun obormagin ja...b, bl....d!”


“Hey, nimaga obormading? Sen ham osmondan tushgansanda. Nimani o‘qiyapsan, qaerda xayoling. Hurmatingiz kuchayib ketdi-da, a? Ey k...tga o‘xshagan! Kallangga q...g‘im sani, pid...zni, bl...d. K...tingga it...man, shu bugun obormagin ja...b, bl....d!”

Audio o‘rtasida ovoz egasi o‘zi aytayotgan haqoratlarning battarini kattalardan eshitayotganini aytib, shunday dedi:

“Sizlar g‘alati qarayapsizlaru, kechqurungi men eshitgan gapni-chi, bu yerda bitta-ikkita odamga gapirsam, tanasidan tuk to‘kiladi deb aytdim, bl...d!

Hokim deb iddao qilinayotgan shaxs, unga qarshi bo‘lganlarni “ofitsialno” ogohlantiradi:

Hukumat o‘ziga qarshi bo‘lgan odamlarni hech qachon o‘zicha qo‘yib qo‘ymaydi. Shuni esingdan chiqarmanglar. Men buni ofitsialno aytyapman.



Audio so‘ngida hokim uni aytganini qilmaydiganlarni Qirg‘izistonga chiqib ketish taklifini beradi:
“Hukumat o‘ziga qarshi bo‘lgan odamlarni hech qachon o‘zicha qo‘yib qo‘ymaydi. Shuni esingdan chiqarmanglar. Men buni ofitsialno aytyapman. O‘zingga qarab ol. 219ta fermer Mingbuloq xalqi degani emas. Esingdan chiqarma, qaydan chiqqan bo‘lsang ham o‘zingdan ko‘r! Birortang agar o‘yin qilib, fitna qilib ish ko‘rsatsang o‘zingdan xafa bo‘l!

Bundan keyin o‘yin qilsang, ko‘taningni sug‘urib olaman.


“Sanlarga bir-ikki marta aytdim, hoy, sanlar aralashma bu narsalarga dedim. Nima endi yana Tohir Yo‘ldoshga ishonib bittasi chiqsa orqasidan ogon, bizni klasterga o‘tkazib yuboryapti deb yugurib ketaverasanlarmi, a, ketaverasanlarmi qurol ko‘tarib! Bitta ikkitang o‘zingdan ketib, o‘zingni qo‘yvorib... Hammani ro‘yxati bor. Kim-kim bilan gaplashgan, kim bilan ko‘rishgan hamma, ko‘taningni sug‘urib olaman! Yozaverasan, chizaverasan. Aralashganingni eshitsam, o‘zingdan ko‘r. Ofitsialno shuncha odamning ichida aytyapman! Agar norozi bo‘lsang, yo‘qolib chiqib ket, Qirg‘izistongami, qaygami. Bundan keyin o‘yin qilsang, ko‘taningni sug‘urib olaman. Yerni olish kerak bo‘lsa, men olaman!”

Ozodlik bu audioga tuman hokimining munosabatini olish maqsadida hokim yordamchisi Sodiqjon Odilov bilan bog‘landi. Hokim yordamchisi Nurshod Xudoyberdiyev bilan maslahatlashib, keyin o‘zi qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. ammo, hokimlikdan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi.

Bu audio ijtimoiy tarmoqda tarqalgach, viloyat hokimligi o‘zining Telegram- kanalida 2 yanvar kuni ovoz egasi hokim bo‘lish-bo‘lmasligi o‘rganilayotgani, hokimligi tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan qonuniy jazo ko‘rilishi haqida bayonot berdi:

“Ijtimoiy tarmoqlarda Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyevga mansubligi takidlanib tarqatilgan, haqoratli so‘zlar ishlatilgan holda olib borilgan muloqotning audioyozuvi qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar yuzasidan Namangan viloyati hokimligi tomonidan o‘rganish boshdandi.

O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi.

Sababi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, tuman hokimining o‘z leksikasida axloqqa mos kelmaydigan so‘zlarni ishlatishi, shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsituvchi iboralardan foydalanishi viloyat hokimligi tomonidan keskin qoralandi hamda audioyozuv Mingbuloq tumani hokimiga tegishligi isbotlansa tegishli qonuniy jazo chorasi ko‘riladi”.

XS
SM
MD
LG