Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2020, Тошкент вақти: 23:45

Toshkentda gripp epidemiyasi. Kasal bolalar joy yo‘qligidan koridorda yotmoqda (VIDEO)


Kuchli isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan bolalar koridorda yotmoqda.

Toshkent viloyat, Toshkent tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Shoshilinch bolalar bo‘limida joy yetishmayotganidan bemor bolalar koridorda yotib davolanmoqda.

Bu Ozodlikka xabar qilgan ota-onalar o‘z iddaolarining isboti sifatida surat va video ham jo‘natdi. Ularning aytishicha, koridorga yotqizilgani uchun farzandlari qattiq shamollab¸ isitma sabab tomiri tortishib qolmoqda.

Bemor bolalarning koridorda yotishga majburligini tan olgan kasalxona vrachi va tibbiyot birlashmasi rasmiysi¸ 10 o‘rinli Shoshilinch bolalar bo‘limiga hozirda bir kunda 100 nafargacha kasal bola olib kelinayotgani¸ ularga normal palata sharoiti qilib berishga imkon yo‘qligini bildirdi.

"Uydagi sovuqdan kasallangan bolalar sovuq koridorda yotmoqda"

Ozodlikka Toshkent tumanidan murojaat qilgan ota-onalardan biri kuchli isitma bilan tuman Shoshilinch bolalar bo‘limiga olib kelgan farzandi joy yo‘qligidan koridorda yotganini aytarkan, bunday dedi:

Bolamni sudorogi bilan olib borsam¸ bo‘lim kasal bolalarga to‘lib ketganidan koridorga yotqizishdi. Koridor sovuq¸ isitmalab yotgan bola qancha odam o‘tib-qaytadigan yo‘lakda yotishga majbur. Normal krovat ham yo‘q¸ qayerdandir kichkinagina kushetka opkelishdi. Ota-onalar kechqurun stul-stolda o‘tirib chiqmoqda. Vrachlar yordam berishga harakat qilayapti¸ lekin joy masalasini hal qilolmayapti”.

Ota-onalardan ayrimlari bu ma’lumotni tasdiqlash uchun 16 yanvar kuni olingan surat va videolarni Ozodlikka taqdim qildi.

Касалхона коридоридаги болалар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:11 0:00

Ularda bolalar va ular yonida qolayotgan onalarning koridorda yotgani ko‘riladi.

Toshkent viloyati markazini To‘ytepaga ko‘chiramiz¸ deb millionlab dollarlik qurilishlar qilib yotishipti. Viloyatdagi kasal bolalarning saqlanayotgan ahvoli bunday. Tibbiyot birlashmasi¸ kasalxona bosh vrachiga to‘polon qilib chiqqanlar bo‘ldi¸ lekin vaziyatda o‘garish yo‘q. Men bu ahvol uchun vrachlarni emas¸ sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlarini ayblayman. 21-asrdagi kasalxonalarning ahvoli shunaqa bo‘ladimi?" dedi bolasiga yaxshi qaramay qo‘yishlaridan cho‘chib¸ bemor bolasi va o‘z ismini ochiqlashni istamagan onalardan biri.

“10 koykalik bo‘limga bir kunda 100 ta kasal bola kelmoqda!”

Ozodlik videotasvirda tasdig‘ini topgan bu ma’lumotga izoh so‘rab¸ Toshkent tumani markaziy kasalxonasining Shoshilinch bolalar bo‘limi mutasaddilaridan biri bilan bog‘landi.

Ota-onalar bergan ma’lumotni tasdiqlagan mulozim¸ gripp epidemiyasi bu bo‘limning shundoq ham ayanchli vaziyatini yanada og‘irlashtirganini aytdi.

Shu kunlarda havo yana sovib ketdi. Gripp epidemiyasi juda kuchaydi. Bu bo‘limda o‘zi 10 ta koyka bor. Lekin kuniga 100 tacha kasal bola kelayapti. Ko‘pchiligi sudorogi bilan kelayapti. Kuchli isitma bilan kelgan bolani qaytarishga haqqimiz yo‘q¸ uyida biror kori-hol bo‘lsa¸ biz javobgar bo‘lamiz. Ularni yotqizishga majburmiz. Lekin joy yo‘q. Shoshilinch bo‘limda jami 30 ta koyka bor¸ o‘ntasi bolalar bo‘limi¸ 10 tasi xirurgiya¸ yana o‘ntasi terapiya bo‘limiga ajratilgan. Kasal bolalar nihoyatda ko‘pligidan¸ xirurgiyaning uchta xonasi ham olganmiz. Boshqa bo‘limlarda ham joy bo‘lsa¸ yotqizayapmiz. Bo‘lim boshlig‘i xonasi¸ ordinatorskiyni ham kasallarga berganmiz. Baribir joy yetmayapti. Shunga yangi kelganlarni koridorga yotqizishga majburmiz. Palatada joy bo‘shashi bilan ularni ichkariga olib¸ yangilarni yana koridorga qo‘yayapmiz”¸ dedi kasalxona mulozimlaridan biri.

Tuman tibbiyot birlashmasi rasmiylaridan biriga ko‘ra¸ 215 ming aholi yashovchi Toshkent tumani kasalxonasi 60-yillarda qurilgan va bugungi talabga umuman javob bermaydi.

Buni hamma¸ xususan¸ Bosh vazir ham biladi. Hozir ko‘p tarmoqli kasalxona qurilayapti¸ Navro‘zgacha bitib qolsa kerak. Shu binoga ko‘chib o‘tsak¸ ahvol yaxshilanishiga umid qilayapmiz. Ungacha vrachlarimiz qo‘ldan kelganini qilayapti”¸ dedi Toshkent tibbiyot birlashmasi mulozimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Toshkent tumani tibbiyotchilarining Ozodlikka aytishicha¸ qo‘shni tuman¸ qolaversa¸ “yo‘lning narigi betida joylashgan” Toshkent shahri kasalxonalari bu tumanda yashovchi bolalarni qabul qilmayotgani ham vaziyatni og‘irlashtirgan.

Yo‘lning u tomonidagi kasalxona yopilgan. SamPI kasalxonasi ham yo‘q. Zangiotaga borsa¸ propiskang bo‘yicha¸ Kelesdagiga bor¸ deb qaytarib yuboradi. Biz elastik emasmizku?!”¸ deydi Toshkent tumani Shoshilinch bolalar bo‘limi vrachlaridan biri.

Mutaxassislar¸ joriy epidemiya sabablaridan biri havo sovugan kunlarda aksar hovlilar va maktablardagi isitishning yaxshi emasligiga borib taqalishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG