Линклар

Шошилинч хабар
28 сентябр 2020, Тошкент вақти: 10:35

Xitoydagi o‘zbek doktoranti: Vahimaga asos yo‘q!


Xitoyning Chuntsin shahridagi Janubiy-g‘arbiy universitet doktoranti Baxtiyor Sheraliyev

Xitoyda koronavirusning tarqalishi bu mamlakatda o‘qib-ishlayotgan o‘zbekistonliklarni tashvishga solmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydagi o‘zbekistonliklar himoyasiz qolayotgani, do‘konlarda oziq-ovqat taqchil bo‘lgani, virusdan odamlar ketma-ket o‘layotgani haqida xabarlar va videolar qoldirmoqda.

Xitoyning Chuntsin shahridagi Janubiy-g‘arbiy universitet doktoranti, biolog, ixtiolog genetik 31 yashar Baxtiyor Sheraliyev Ozodlik bilan suhbatda, o‘zbekistonlik talabalarning vahimalarida asos yo‘q, dedi:

- Men Xitoyning Chunsin shahridaman. Bu epidemiya tarqalgan Uxan shahri joylashgan Xubli provinsiyasiga qo‘shni shahar. Universitetda doktoranturada o‘qiyman, mutaxassisligim biolog. Molekulyar biologiya sohasida ilmiy faoliyat olib boraman, ya’ni virusologiyaga yaqin. Jarayon bo‘yicha menda to‘liq tasavvur bor. Men ijtimoiy tarmoqlardagi ovozli xabarlarni o‘qib hayron qolyapman. Chunki, Uxanda ham juda ko‘p tanishlarim o‘qiydi. Ular bilan doim aloqadaman. Haqiqatda Uxan shahrida transport qatnovi to‘xtagan, karantin e’lon qilingan. Kuchli immunolog va virusologlar o‘sha yerda. Vaziyat nazoratga olingan.

Suhbatni to‘liq quyida tinglang:

Хитойдаги ўзбек докторанти: Ваҳима қилишга асос йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:42 0:00
Бевосита линк

24 yanvarga kelib Pekin 41 milliondan ko‘proq odam yashovchi 13 ta shaharda karantin e’lon qildi va bu hududlarga kirish-chiqishni taqiqladi. Oqibatda vahimaga tushgan aholi orasida oziq-ovqat va dori vositalarini keragidan ortiq sotib olish jazavasi boshlandi.

Kuni kecha Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi yangi virus odamdan odamga yuqishini tasdiqladi. Aytilishicha, kasallikni xastalanganlar bilan muloqotda yuqtirib olish mumkin.

Shu bois bir necha davlat virus tarqalishini oldi olish uchun chora ko‘rmoqda. Xususan, Osiyo davlatlari aeroportlarida yo‘lovchilar tekshirilmoqda.

Shuningdek Avstraliya, Bangladesh, Nepal, Singapur va AQSh aeroportlarida ham nazorat kuchaytirildi. Virus tarqalishi ortidan O‘zbekistonda ham chegara nazorati kuchaytirilgani xabar qilindi.

MAVZUGA ALOQADOR

SSV: Koronavirus tarqagan Xitoydan O‘zbekistonga kelaëtgan uchqich yo‘lovchilari alohida nazoratga olindi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi koronavirus tarqalgan shaharlardagi o‘zbekistonliklarga quyidagilarni tavsiya etadi:

  • infeksiya yuqtirish xavfining oldini olish maqsadida o‘z turar joylaringizda saqlanishni;
  • jamoat joylariga chiqmaslikni;
  • nafas olish organlari kasallik belgilari mavjud bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaslikni;
  • maxsus niqoblardan foydalanishni;
  • hayvonlar oldiga yaqinlashishdan saqlanishni;
  • faqat issiq va yaxshi pishirilgan taomlar iste’mol qilishni;
  • ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yaxshilab yuvishni;
  • antiseptik mahsulotlardan foydalanishni;
  • agar isitmangiz ko‘tarilib, respirator kasallik alomatlarini sezangiz, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishni.
XS
SM
MD
LG