Линклар

Шошилинч хабар
30 сентябр 2020, Тошкент вақти: 05:03

“Qilmagan gunohim uchun 5 yildan buyon o‘tiribman, yana 6 yili bor”


Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Samarqand shahridagi 38-manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 60 yashar Ikrom Alimovning iddao qilishicha, 2015 yilda u to‘qima ayblovlar bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan:

“Meni tuhmat bilan qamaganlar. Besh yildan beri o‘tiribman. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 168 (firibgarlik), 211 (pora berish) bilan qamashgan edi. Yoza-yoz bilan 165 ni olib tashlashdi. 13 yilni 11 yilga tushirishdi. Lekin men birovga pora ham bermaganman, birovning bir tiyinini ham olmaganman. Men 2011 yilda bir hamshahrimni mashinamga mindirib, Payariqqa olib borganman. Tamom qilgan ishim shu. Sudda aytilgan odamlarning birortasini ham tanimayman. Bir guvohlikka chaqirib 2012 yilda javob berib yuborishgan edi. Lekin 2015 yilda yana sudga chaqirib, hech qanday dalilsiz, hech qanday guvohsiz 13 yilga qamab yubordi. Prezidentgacha yozdim, ammo hech kim tuhmat bilan o‘tirgan odamning dardini eshitmayapti”.

ОзодМикрофон: “Қилмаган гуноҳим учун беш йилдан буён ўтирибман”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:06 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG