Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:10

Moskva sudi farg‘onalik bloger Eldor Erkinni deportatsiya qilish hukmini kuchda qoldirdi (AUDIO)


Eldor Erkin 7 oydan buyon Moskva hibsxonalarida saqlanmoqda
Eldor Erkin 7 oydan buyon Moskva hibsxonalarida saqlanmoqda

30 yanvar kuni bloger va jamoatchilik faoli Eldor Erkin shikoyat arizasini ko‘rib chiqqan Moskva shahar sudi uni deportatsiya markazida qoldirish qarorini kuchda qoldirdi.

O‘zbekiston IIV si tomonidan “firibgarlik”da ayblanib¸ xalqaro qidiruvga berilgan Eldor Erkin 7 oydan buyon “migratsiya qoidalarini buzganlik” aybi bilan Rossiya hibsxonasida saqlanmoqda.

Ayrim hamkasblari Eldor Erkin O‘zbekiston rasmiylarini jiddiy tanqid qilgani va jamoatchilik faoliyati uchun bosimga uchraganini iddao qilmoqda.

Bundan bir oy oldin Rossiya Bosh prokuraturasi Eldor Erkinni O‘zbekistonga berish so‘rovini rad qilgan edi.

Moskva shahar sudining 30 yanvar kuni chiqargan qarori bilan “Vatandosh” telekanali boshlovchisi, Eldor Erkin taxallusi bilan faoliyat yuritgan jamoatchilik faoli Eldor G‘aniyev Saxarovo deportatsiya markazida qoladigan bo‘ldi.

Shahar sudi asli farg‘onalik bloger ustidan quyi instantsiya sudi chiqargan deportatsiya to‘g‘risidagi ma’muriy jazoni kuchda qoldirdi.

“Mahkama G‘aniyev E.E.O‘zbekistonga chiqarib yuborilsa¸ u yerda qiynoqlarga solinishi va g‘ayriinsoniy munosabatga uchrashi to‘g‘risidagi G‘aniyevning so‘zlari hech narsa bilan tasdiqlanmagan, deb hisoblaydi. G‘aniyev Eldor Erkinovich Rossiya Ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi Kodeksning 18.8 moddasi 3.1 qismini buzganlikda aybdor topilsin va unga 5000 rubl miqdorida jarima solinib, Rossiya Federatsiyasi tashqarisiga badarg‘a qilish chorasi qo‘llansin”, deyiladi Ozodlikka taqdim etilgan sud qarorida.

Sud jarayonida qatnashgan “Vatandosh” telekanali boshlovchisi va operatori Akmal Baratov Eldor Erkin 2019 yilning iyun oyidan buyon ushlab turilganini aytdi.

- Hozir u Saxarovodagi deportatsiya markazida ushlab turilibdi. Sud uni ushlashda politsiyachilar yo‘l qo‘ygan xatolarga e’tibor bermayapti. O‘zbekistonda unga nisbatan pora olgani haqida Farg‘ona IIBsi tomonidan ish ochilgan. Qidiruvga berilgan va Rossiya Bosh prokuraturasi bir oy oldin Eldor G‘aniyevni O‘zbekistonga berib yubormaslik haqida qaror chiqargan. Lekin prokuratura qarorini qo‘liga olishi bilan politsiya uni “registratsiya qaydini buzding”¸ deb deportatsiya markaziga jo‘natdi, deydi Akmal Baratov.

Dorogomilovo prokuraturasining E.Erkinni ozod qilgani to‘g‘risida qarori.
Dorogomilovo prokuraturasining E.Erkinni ozod qilgani to‘g‘risida qarori.

Akmal Baratov “Eldor Erkin ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlari va blogerlik surishtiruvlari orqali ayrim o‘zbek amaldorlari bosimiga uchraganini” taxmin qiladi.

- U Youtubega chiqqanidan keyin boshlandi hammasi. O‘zbek konsulini tanqid qilish, elchixonani yomon ishlashi haqidagi videolari Rossiya Youtubeda birinchi o‘rinlarga chiqib ketgandi. U ko‘p narsalarni chop etishga ulgurmadi. Maqsad – uning og‘zini yopish edi! Nima bo‘lsa ham uni badnom qilib, mashhur bo‘lishiga qarshi ish olib borildi. Bundan tashqari, u deputatlikka nomzodini qo‘ymoqchi edi. U O‘zbekistonda axborot vositalariga yo‘l ochilgani uchun qaytmoqchi ham edi.

Ayni paytda suhbatdosh oxirgi paytlarda bloger, jurnalist va erkin fikrlovchilarga nisbatan boshlangan bosimlar uni O‘zbekistonga qaytish fikridan qaytargan edi, deb qo‘shimcha qildi.

“Vatandosh” muxbiri Saxarovo Xorij grajdanlarini saqlash markazida ushlab turilgan Eldor G‘aniyev-Erkin tushkun holatda ekanini bildirdi.

- “Saxarovoda turmadan ham battar sharoitlari – sovuq, qornimiz to‘ymaydi”, deyapti. Ahvoli judayam og‘ir – tushkunlikka tushgan. “50 kirib, farzandlarimni ko‘rmay yuribman. Mendaqalar son mingta!” Haqiqat izlab, uni topa olmagan odam ahvolida. Farzandlari, nevaralarini sog‘inib, qiynalgani ko‘rinib turibdi, dedi Akmal Baratov.

Акмал Баратов: Элдор Эркинни оғзини ёпишмоқчи!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:29 0:00
Бевосита линк


Sudda so‘zga chiqqan Eldor Erkin O‘zbekistonga yuborilsa qiynoqlarga solinishi va hatto o‘ldirilishi xavfi borligini taxmin qilishini aytgan.

Ozodlik savollariga telefon orqali javob bergan Eldor Erkin birorta jinoyat sodir etmagani va unga nisbatan maxsus buyruq bo‘lganini iddao qildi.

Элдор Эркин: Мени Ўзбекистонга олиб кетиш тўғрисида буйруқ берилган!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:38 0:00
Бевосита линк


Bloger Eldor Erkin himoyachilari Moskva shahar sudining bu qarori ustidan Rossiya Oliy sudi va Yevropaning Inson haqlari sudiga murojaat qilishni rejalamoqda.

XS
SM
MD
LG