Линклар

Шошилинч хабар
03 апрел 2020, Тошкент вақти: 06:58

Mayk Pompeoning Abdulaziz Komilov bilan muzokaralari samarali kechgani qayd etildi


AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan. Toshkent, 2020, 3 fevral.

3 fevral kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra, muloqot davomida 2018 yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston – AQSh sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi muhokama qilingan, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda muzokaralar samarali kechgani qayd etildi.

"Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikka doir turli yo‘nalishlarni qamrab olgan holda, yuqori sur’at kasb etgan. O‘zaro aloqalar tizimli va muntazam xususiyatga ega. Bu ko‘p jihatdan O‘zbekiston bilan AQSh Prezidentlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari va shaxsiy irodasi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning AQSh tomonidan e’tirof etilishi tufaylidir" deyilgan rasmiy xabarda.

  • Prezident Mirziyoyevning 2018 yilda Oq Uyga buyurgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik borasida yangi davr boshlanganini va O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi sifatida roli oshib borayotganini ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlar 1991 yilda O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi va 2018 yildan beri hamkorlik barcha sohalarda ancha-muncha rivojlandi.
  • Qo‘shma Shtatlar bilan O‘zbekiston Maraziy Osiyo davlatlari, jumladan, Afg‘oniston bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda. Prezident Mirziyoyevning “Avvalo qo‘shni bilan aloqalarni yaxshilash siyosati” mintaqadagi hamkorlik va savdo-sotiqni rivojlantirishga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
  • 2019 yil noyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuviga mezbonlik qildi hamda mintaqada keng qamrovli, jumladan, energetika va savdo-sotiq sohalarida yaqindan hamkorlik qilishga rozilik berdi.
  • O‘zbekiston Qo‘shma Shtatlar yetakchiligidagi C5+1 tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Davlat kotibi Pompeo Toshkentda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati tashqi ishlari vazirlari bilan ushbu formatdagi uchrashuvda ishtirok etadi.
  • Qo‘shma Shtatlar bilan O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradagi xavfsizlikni ta’minlash hamda chet ellik terrorchi jangarilar, narkotikfurushlar va boshqa jinoiy unsurlarning chegarani kesib o‘tishi oldini olish, shu bilan birga odamlar va tovarlarning qonuniy oqimini qo‘llab-quvvatlash uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda.
  • O‘zbekiston AQShning Afg‘onistonda mintaqaviy tinchlik va murosani qo‘llab-quvaatlash borasida davom etayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan yaqin hamkoridir. Prezident Mirziyoyev Afg‘onistonning mintaqaga qayta siyosiy va iqtisodiy integratsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini namoyish qildi.
  • 2019 yil dekabrida Qo‘shma Shtatlar, O‘zbekiston va Afg‘oniston ushbu mamlakatning qo‘shnilari bilan muloqotini rivojlantirish uchun 2011 yili boshlangan mintaqaviy guruh hisoblanmish “Osiyo yuragi – Istambul jarayoni”da Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan qayta integratsiyalash borasidagi uch tomonlama sa’y-harakat qilish majburiyatini olgan edi.

AQSh-O‘zbekiston iqtisodiy aloqalari tadriji

AQShning O‘zbekiston bilan savdo-sotiq hajmi o‘tgan yili 2/3 qismga, ya’ni 2018 yildagi 315 million AQSh dollaridan 2019 yilga kelib 514 million dollarga qadar ortdi. 2019 yil noyabri oxiriga qadar AQShning O‘zbekistonga eksporti hajmi 482 million dollarga chiqib ketdi, ayni holat O‘zbekistonni AQSh tovarlarining Markaziy Osiyodagi yetakchi eksport manziliga aylantirdi.

AQShning 13 ta kompaniyasi vakillari Qo‘shma Shtatlar Savdo vazirligining 2019 yil iyunida rasman tasdiqlangan savdo delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘sha safar davomida AQSh kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sohalari, potensial mahalliy biznes sheriklar va xaridorlar hamda sanoat va hukumat amaldorlari bilan tanishtirildi.

AQSh kompaniyalari O‘zbekistonga ko‘p miqdorda investitsiyalar kiritmoqda, bugun kunda ularning miqdri 1 milliard dollardan oshdi. Prezident Mirziyoyevning 2018 yilda Oq Uyga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston AQShning yetakchi kompaniyalari bilan 20 dan ortiq tijorat bitimi imzolagan edi. Agar ular to‘liq amalga oshadigan bo‘lsa, umumiy qiymati 4,8 milliard dollari bo‘ladi. Ushbu rejalashtirilgan investitsiyalar tijorat nuqtai nazaridan hayotiy loyihalar bo‘lib, ham Qo‘shma Shtatlar, ham O‘zbekistonda minglab ish o‘rinlari yaratadi.

Xususiylashtirish bo‘yicha davom etayotgan olg‘a siljish, tartibga solish sohasi islohoti, qonun ustuvorligi va Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lib kirish O‘zbekistonni AQSh investorlari uchun yanada jozibali qiladi, ikkala mamlakatda ham yangi ish o‘rinlari va boshqa iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga JSTga a’zo bo‘lib kirishi uchun texnik konsultatsiyalar berdi.

AQShning O‘zbekiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning asosiy islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital bozorini rivojlantirish, byudjetni shakllantirish jarayonlari va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish hamda mustaqil sud tizimini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat kodeksini isloh qilish, huquqiy ta’lim va advokatlar qobiliyatini kuchaytirish borasida ancha-muncha yordam ko‘rsatmoqda.

Qo‘shma Shtatlar butun mamlakatda ta’lim sifatini yaxshilash, ingliz tilini o‘qitish va universitetlarning innovatsion hamkorligiga ko‘maklashish maqsadida 30 million dollar ajratdi. Ushbu qo‘shimcha moliyalashtirishning deyarli 10 million dollari O‘zbekistonning “Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat” tashabbusini qo‘llab-quvvvatlash uchun ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan.

So‘nggi ikki yil mobaynida 300 dan oshiq o‘zbek talabasi, o‘qituvchisi va mutaxassisi AQSh hukumati homiylik qilgan almashuv dasturlarida ishtirok etdi.

Bitiruvchilar tashabbuslari orqali 4600 dan oshiq almashuv dasturlari bo‘yicha Amerika o‘quv yurtlarini bitirgan kishi biznesni rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyat, fuqarolik ishtiroki hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish singari umumiy maqsadlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

2018 yilda Qo‘shma Shtatlar “Markaziy Osiyo universitetlari hamkorligi” dasturini (UniCEN) ta’sis qildi. U 70 dan oshiq Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari tarmog‘i bo‘lib, treninglar, tarmoqlar yaratish va grantlar sohasida hamkorlik qilish borasida AQSh va O‘zbekiston universitetlarining barqaror hamkorligini qo‘llab-quvvatlaydi.

XS
SM
MD
LG