Линклар

Шошилинч хабар
24 феврал 2020, Тошкент вақти: 17:35

“Koreyaga yuboraman deb aldagan agentlik ishi tergovda, biz esa pulimizni qaytarib ololmayapmiz”


Samarqand viloyat, Urgut tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan Ismoil Eraliyevning OzodMikrofonga aytishicha, Koreyaga ishga yuboraman deb ularni aldagan Toshkentdagi “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi”dan bir yil oldin to‘lagan pulini ololmayapti.

“Кореяга юбораман деган агентлик иши терговда, биз эса пулимизни қайтариб ололмаяпмиз”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:25 0:00
Бевосита линк


O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” ga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilganini 2019 yilning 28 oktabrida ma’lum qilgan edi.

Bunga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentligi fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagani to‘g‘risida ko‘plab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgani sabab bo‘lgani bildirilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG